Ahamoniylar davlati Reja
Download 59.5 Kb.
|
1479926824 66189
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy e`tiqod.
- Axuramazda
Tasviriy san`at. Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir. Suzaning Dur-Untash shahridagi miloddan avvalgi XIII asrga oid zikkuratga kiraverishda sher, buqa, grifon, xudo va podshohlarning oltin va kumushdan ishlangan haykallari ham kishini hayratga soladi. Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir. Saroy darvozasiga shoh saroyini qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan. Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan. Erondagi Bexistun qoyasidan Shoh Doro I va turli o`lkalardan bog`lab olib kelinayotgan qabila sardorlarining qabartma tasvirlari zamonimizgacha saqlanib keladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi. Qadimgi Eronda matematika, astronomiya, tarix, geografiya, tabobat, veterinariya va boshqa bilimlar rivoj topgan ekan. Ammo Eron shohlari misrlik va yunon tabiblarini saroylaiga tez-tez chorlab turganlar. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o`simlik va mevalardan keng foydalanganlar. Diniy e`tiqod. Eronliklarning qadimgi ajdodlari dastlab tog`-u tosh, suv, daraxt va har xil hayvonlarni ulug`laganlar. Tabaqaviy jamiyat davlatlar tashkil topishi munosabati, xo`jalikning rivojlana borishi natijasida e`tiqodda ham o`zgarishlar sodir bo`la boshlagan. Xususan elamliklar Pinker degan xudolar onasini ulug`lab, unga e`tiqod qilganlar. Ularda Inshushinak Suza shahri homiysi yer osti xudosi bo`lgan. Naxunt esa quyosh va adolat xudosi hisoblangan. Eronning ko`p joylarida totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy din shakllari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan edi. Midiya podshosi Astiag davrida zardushtiylik keng tarqala boshlaydi. Bu dinning asoschisi Zardusht bo`lib, din shu kishining nomi bilan zardushtiylik deb atalgan. Zardushtiylik dini kitobi «Avesto» bo`lib, unda Eron va Turonda yashagan xalqlarning tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyati haqida ko`p ma`lumotlar bor. Eron xalqlari Misr, Bobil, Elam xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Bu dinda Axuramazda yaxshilik, haqiqat va odillik xudosi hisoblangan. Axra-Manyu esa zulmat, o`lim va yomonlik keltiruvchi xudo bo`lgan ekan. Eroniylar e`tiqodiga ko`ra bu ikki xudo o`rtasida kurash davom etgan. Eroniylar Mitra degan quyosh, Anaxita degan suv va hosildorlik shuningdek, yorug`lik, oy va shamol xudolariga e`tiqod qilganlar. Eron shohi Kserks diniy islohot o`tkazib mayda xudolar, ma`budalar va dev-parilarga e`tiqod qilishni taqiqlagan. Axuramazda eronliklarning birdan-bir samoviy tangrisi deb e`lon qilingan. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling