Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri: tа’limiy vа nаzоrаt qiluvchi dаsturlаr
Bajardi: 903-guruh talabasi Axrorov Azamat
Reja:
1. Ta'lim jarayonlarida axborot texnologiyalarini qo'llashning zamonaviy tendensiyalari.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi.
3. Ta'limiy dasturlar haqida. "Moodle" platformasi.
Ta'lim jarayonlarida axborot texnologiyalarini qo'llashning zamonaviy tendensiyalari
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan ko'rinishi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
Ta'limiy dasturlar haqida.
"Moodle" platformasi.
Ta'limiy dasturlarda gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumental vositalar: Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalardan foydalaniladi. Strategik illyustratsion o’quv materiallarini (turli manzaralar)ni yaratishda rastorli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ularga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator va boshqalar kiradi.
Elektron dasrliklar yatuvchi dasturlarning nomlari har xil, lekin ularni boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo’ladi. Ularning ba’zilari qo’shimcha imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi. Dastlab elektron darsliklar o’ta sodda ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa endilikda turli inson ruhiyatiga ta’sir etadigan tasviriy vositalar bilan boyimoqda. Internet sahifalari hozirda Macromedia FLASH, HTML, Java Script, Macromedia Director usullarida yozilmoqda va yaratilmoqda.
Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan.
E'tiboringiz uchun rahmat!
903-guruh talabasi Axrorov Azamat
Do'stlaringiz bilan baham: |