Kompyutersiz axborot ta‟minoti. Texnik-iqtisodiy tartiblashning asosiy
tushunchalari. Texnik-iqtisodiy axborotlarni qidirish, qayta ishlash va aloqa kanallariga
uzatishni qulay amalga oshirish uchun ularni sonli kо‗rinishga о‗tkazish zarur. Shu
maqsadda ularni avvalo tartiblash keyin esa rasmiylashtirish klassifikator orqali amalga
oshiriladi.
Guruhlash (klassifikatsiya) qabul qilingan usullari orqali obyektlarni bir necha
obyektosti qismlarga ajratilishidir. Obyekt deganda ihtiyoriy predmet, jarayon, moddiy va
moddiy bо‗lmagan hodisalar tushuniladi. Klassifikatsiyalash tizimi obyektlarni ma‘lum
sinflarini ajratishga va guruhlashga hamda ularni umumiylik xossalari bо‗yicha ajratish
imkonini beradi. Shunday qilib, obyektlarni bir necha obyektostilari tо‗plamiga ajratish
qoidalari tо‗plami klassifikatsiya tizimi deyiladi.
Klassifikatsiyalash obyektlarining xossalari yoki tavsifi bо‗yicha ularni о‗zaro
о‗xshashligi yoki о‗xshamasligini ifodalanishi klassifikatsiya belgisi deb ataladi.
Masalan, avtomatlashtirish obyektining faoliyati va korxona hamkorlari roli bо‗yicha
barcha korxonalar ikki guruhga bо‗linadi: ta‘minlovchi va iste‘molchi. Bir yoki bir necha
belgilari bо‗yicha klassifikatsiya obyektlarining qismlarini birlashtiruvchi tо‗plam yoki
tо‗plamostilari klassifikatsion guruhlar deb nomlanadi.
Klassifikator – bu shunday hujjatki, unda obyektlar nomi, klassifikatsion guruh nomi
va ularni belgilash (kodlash) nomlarini о‗z ichiga olib, axborot tizimida axborotni
rasmiylashgan tavsifini amalga oshiradi.
Klassifikatorlar ta‘sir doirasi bо‗yicha quyidagi turlarga bо‗linadi: xalqaro,
davlatlararo, sohalararo va xususiy klassifikatorlar.
Har bir klassifikator quyidagi xossalarga ega bо‗ladi: tizimni ixchamligi, tizimlar
hajmlari, tizimlarni tо‗ldirilganlik darajasi.
Hozirgi zamonda asosan klassifikatsiya tizimini ikki turi qо‗llaniladi: bо‗ysunishlik
tartibi va kо‗p aspektlik (kо‗p nuqtai-nazarlik).
Iyerarxik (bо‗ysunish darajasi) tizimni xarakterli xususiyatlari:
- klassifikatsiyalashni (guruhlashni) cheklanmagan sondagi belgilaridan (xossalardan)
foydalanishlik imkoniyati;
- klassifikatsiyalash belgilarining bо‗ysunishlik darajasi. Bu klassifikatsion
guruhlarni bir xil belgilari bо‗yicha birlashtirilgan bо‗ysunuvchi guruhostilarga
bо‗linishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |