Ahmad yugnakiy


Download 40.74 Kb.
bet3/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy

Ilm o‘rganish haqida


Biliklik bilikni adirgan bo‘lur,
Bilik tatg‘in, ey do‘st, biliklik bilur.


Bilik bildurur erga bilik qadrini,
Bilikni biliksiz udun1 ne qilur.

Bilimli kishi ilmni farqlaydi, ey do‘st, ilm qadrini bilimli odam biladi. Bilimning qadrini kishiga ilm bildiradi, bilimni nodon, tuban kishi nima qiladi.




Biliksizga haq so‘z tatiqsiz erur,
Anga pand-nasihat asig‘siz1 erur.


Ne turluk ariqsiz arir, yuv desa,
Jahil yup arimas2 arig‘siz erur.

Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nosizdir, unga o‘git-nasihat foydasizdir. Bir qancha yuviqsizlarga yuvinish uchun buyurilsa toza bo‘lur, ammo johil qancha yuvinmasin pok bo‘lmaydi.




Bilikli kishi, ko‘r, bilur ish o‘zin,
Bilib etar ishni o‘kunmas kedin3.


Ne turluk ish ersa biliksiz o‘ngi,
O‘kunch ul anga yo‘q unga anda o‘din.

Bilimli kishi o‘z ishini bilib qiladi, bilib qilgan ishiga keyin o‘kinmaydi. Qanday ish bo‘lmasin bilimsiz nazdida o‘ng ko‘rinadi, unga tashvish, qayg‘udan boshqa chora yo‘q.




Biliklik keraklik so‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mub kizlayur4.
Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,
Aning o‘z tili o‘z bashini yeyur.

Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib yashiradi. Bilimsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so‘zlaydi, shuning uchun uning tili o‘z boshini yeydi.




Bilik birla bilnur to‘ratkan idi5,
Biliksizlik ichra xayr yo‘q tedi.
Bilik bilmagandin bir ancha budun,
O‘z algin6 but etib idim bu tedi.

Yaratgan tangri ilm bilan taniladi, ilmsizlik yaxshilik keltirmaydi, degan. Ilmsizlikdan ko‘p kishilar o‘z qo‘lini but qilib, tangrim bu dedi.




Biliklik so‘zi pand-nasihat, adab,
Biliklikni o‘gdi Ajam ham Arab.
Tavarsizg‘a bilgi tuganmas tavar,
Hisabsizg‘a bilgi yarilmas hisab.

Bilimli kishining so‘zi o‘git-nasihat, adabdir, shuning uchun ilmlilarni Arab, Ajam olqishladi. Molsiz faqir kishiga uning ilmi tuganmas boylikdir, hisobsizga uning bilimi yechilmas (ochilmas) hisobdir.





Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling