Ahmad yugnakiy
Download 40.74 Kb.
|
Ahmad Yugnakiy
Uchinchi bo‘lim: dunyoning o‘zgarib turishi haqida
Bu ochun1 rabot2 ul tushub ko‘chguluk, Rabotqa tushukli tushar ko‘chguluk. O‘ng3 arqish4 uzadi qo‘pup yo‘l tutub, O‘ngi qo‘pmish arqish necha ko‘chguluk. Bu dunyo qo‘nib yana ketadigan rabotdir, bu rabotga tushib o‘tuvchilar qo‘nib keta beradi. Oldingi karvon yo‘l bosib o‘zib ketdi, (shu) oldingi karvon necha manzilni (bosib) o‘tdi. Bu dunyo so‘ngida yugurmak necha, Xasis nangtin o‘tru tep o‘zung kucha. Neluk malg‘a muncha ko‘ngul bog‘lamoq, Bu mol kelsa arta borur baz kecha. Bu dunyo (boyligi) orqasidan qancha (kishilar) yugurmoqda, xasis ham narsa (boylik) foydali deb o‘zini qiynaydi (o‘ziga zo‘r beradi). Buncha ham molga ko‘ngil qo‘ymoq ne kerak, bu boylik kelsa ko‘payadi, ozayadi va yo‘q bo‘ladi. Ko‘ngultin chiqarqil tavar5 suqluqin, Kedim birla teb tut qarin to‘qluqin. Bu bayliq chig‘ayliq6 azuq yo‘qlug‘i, Chig‘ayliq tep ayma azuq yo‘qlug‘in. Ko‘ngildan molga bo‘lgan suqlikni chiqar, faqat kiyim bilan qorin to‘qligini ko‘zla. Boylik, kambag‘allik bu yemish-ozuq yo‘qligidir, (aslida) oziq-ovqat yo‘qligini qashshoqlik deb aytma. Bu dunya nangitin yegu kedguluk1, O‘l artuq tilama vabal2 yutguluk. Tariqliq3 tep aydi achunni rasul, Tariqliqda qatlan tari edguluk. Bu dunyo boyligidan yegulik, kiygulik bo‘lsa yetarli, ortiqcha tilama, uning oshiqchasi ziyon va ofat keltiradi. (Rasul dunyoni ekinzor, deb atadi. Ekinzordan pishgan yaxshilik urug‘ini ter.) Dehqonchilik bilan shug‘ullangan kishilarning ozuqasi yaxshilanadi, deb aytdi. Baqasiz erur bu achun lazzati, Kechar yel kechartek maza muddati. Yigit qo‘ja bo‘lur, yangi eskirur, Qavi ersa qamlur, qachar quvvati. Bu dunyo lazzati bebaqo, uning mazali kechgan payti yeldek o‘tib ketadi. Yangi eskiradi, yigit qariydi, (beli) quvvatli bo‘lsa bukiladi, kuchi ketadi. Bu kun bar, yarin yo‘q bu dunya nangi, Mening demishing nang adinlar o‘ngi. Qamug‘ to‘lg‘an eslur, tugal eksilur, Qamug‘ abadonning xarob-o‘l so‘nggi. Bu dunyo boyligi bugun bor bo‘lsa, ertaga yo‘q bo‘ladi, sen meniki degan narsalar birovlarga qoladi. Barcha to‘lgan narsalar ozayadi, yemiriladi, butun obod yerlar oqibatda xarob bo‘ladi. Necha yer bar erdi sig‘ishmaz eri, Eri bardi, qaldi qurug‘ tek yeri. Necha dana erdi, necha faylasuf, Qani bu kun anlar minginda biri. Qancha obod yerlar bor edi, xalqi sig‘ishmas edi, xalqi yo‘q bo‘ldi, joylari bo‘sh, egasiz bo‘lib qoldi. Qanchadan qancha dono, faylasuflar bor edi, endi ularning mingdan biri yo‘q. Achun kulchirar1 baz2 alin qash chatar3, Bir elkin tutib shahd4 biri zahr qatar. Asal tatrub alkin tamag‘ tatritib5, Kedingi qadahqa sunub zahr qatar6. Dunyo kulib boqadi, yana qosh va manglayi bilan xo‘mrayadi; bir qo‘li bilan bol tutsa, ikkinchi qo‘li bilan zahar qo‘shadi. Qo‘li bilan asal yedirib, taomni lazzatli qilib, keyingi qadahga esa zahar qo‘shib beradi. Suchuk7 tatting ersa achiqqa anun, Birin kelsa rohat, kelur ranj8 o‘nun. Aya ranj qatig‘siz so‘rur umg‘uchi, Bu achun qachon ul umunchqa o‘run. Shirinlik totisang achiqqa yo‘y, kishiga bir yo‘l rohat kelsa, orqasidan o‘nlab qiyinchilik keladi. Ey, ranj va qiyinchiliksiz rohat istovchilar, dunyoda umid qachon amalga oshgan. Yilontek bu achun yilon o‘g‘lag‘u9, Yo‘qamaqqa10 yumshaq ichi pur ag‘u11. Yilan yumshaq erkan yavuz fe’l tutar, Yiraq turg‘u, yumshaq teb inanmag‘u. Bu dunyo avraydigan ilon kabidir, (uni) yuvosh, yumshoq deb yo‘ysang, ichi achchiq ichimlik kabi og‘udir. Ilon yumshoq, yuvosh bo‘lib ko‘rinsa ham, yomon fe’llidir: yuvosh deb inonmasdan, undan uzoq turish kerak. Bu achun, ko‘r, erga ko‘rumluk tashi1, Va lekin ichinda hazar2 naxushi3. Baqip tash bezakin ko‘rup sen munga Ko‘ngul bag‘lamaq bil xatalar bashi. Ko‘rgin, bu dunyo sirtdan kishiga juda ko‘rkamdir, ichki tomoni esa minglab yoqimsiz narsalardan iborat. Dunyoning ko‘rkli tashqi go‘zalligini ko‘rib, unga ko‘ngil qo‘ymoq (senga) xatoliklarning boshlanishidir. Download 40.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling