Ahmad yugnakiy


Download 40.74 Kb.
bet7/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy

Beshinchi bolim: tavozeli manfaati, kibrlilik va
harislikning zarari togrisida


Yana bir kerakli so‘zum bor senga,
Ayayin men ani, qulaq tut menga.
So‘z uldur takabburni bashtin salip,
Tavozeni berk tut, yopush, ket anga.

Yana bir senga keraklik so‘zim bor, men uni aytayin, so‘zimga quloq sol. Takabburlikni boshdan oshirib tashla, tavozega qattiq amal qil, unga o‘zingni yaqinlashtir.




Takabbur qamug‘ tilda yirlur qilig‘,
Qiliqlarda edgu qiliq xo‘y qiliq.
Ul erkim ulug‘sindi men-men dedi,
Ani ne xalayiq sevar, ne xaliq.

Takabbur qilig‘i barchaning tilida nafrat qo‘zg‘atadi, muloyimlik ezgu narsadir. Kimda-kim manman deb, o‘zini baland tutsa, uni na xalq, na tangri sevadi.




Takabbur libasin kiyip oz salin,
Kerib xalqda ko‘ksung, ozurlab tilin.
Mo‘minliq nishani tavaze erur,
Agar mo‘min ersang, tavoze qilin.

Kibrlik libosini kiyib, ko‘ksingni xalqqa kerib, tiling bilan ozor berishdan saqlan. Mo‘minlikning nishoni tavozedir, agar mo‘min bo‘lsang, tavoze qilgin.




Tavoze qiliqni ko‘t(u)rur idi.
Takabbur tutar erni kemshur qo‘di.
Ulug‘sinma zinhar ulug‘ bir bayat,
Ulug‘lug‘ meningsiz alinmang tedi.

Xudojo‘y, muloyim qiliqni xudo ham yoqtiradi, takabbur kishini tubanlashtiradi. O‘zingni zinhor ulug‘ tutma, ulug‘ bir tangrining o‘zidir. U ulug‘likni mensiz olishga urinmang, deb aytgan.




Tavozelikni oshirish va kibrlilikni tashlash togrisida


Tavar birla ersa ulug‘sindug‘ung,
Ulug‘lug‘ tabaru alik sundug‘ung.
Tavar asig‘ nemish borursan yaling,
Qalur bunda kissang, sapat, sandug‘ung.

Kibrlilik qilishing mol-dunyo tufayli bo‘lsa, kibrga qo‘l cho‘zishing (ham mol-dunyo) tufaylidir. Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi (o‘lganda) yalang‘och ketasan, hamyoning, to‘rvang, sandig‘ing qolib ketadi.




Agar kibr idisi asilman desa,
Ayayin men aning javobin kesa.
Ata bir, ana bir uyalar bu xalq,
Tafovutlari yo‘q o‘ta o‘t tesa.

Takabbur asilman deb aytsa, men unga keskin javob berayin.


Bu xalq naslining ota, onasi bir, u dunyoda zotan oralarida farq bo‘lmaydi.



Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling