Ahmadjonov ahmadjonning botanika fanidan mineral elementlarningo


Azotni fiksatsiya qiluvchi mikroorganizlar


Download 150.16 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi150.16 Kb.
#1527227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xurshanoy

Azotni fiksatsiya qiluvchi mikroorganizlar.
Biologik azotofiksatsiya qiluvchi mikrooranizmlarni ikkita asosiy gruxga bo’lish mumkin: a) erkin yashovchi azotofiksatorlar va b) yuqori o‟simliklar bilan simbioz yashovchi mikroorganizmlar. Birichi anaerob azotni fiksatsiya qilish xusiyatiga ega bo’lgan sporali erkin yashovchi bakteriyalarni 1893 yilda rus olimi
S.N. Vinogradskiy tamonidan ajiratib olinib , L.Paster sharafiga Clostridium pasteurianum deb nomlagan. Keyinchalik 1901y. M.Beyerink boshqa erkin yashovchi aerob azot fiksatsiiya qiluvchi bakteriya Asotobacter ni ochadi. Hozirgi vaqtda erkin yashovchi azotofiksatorlar turkumiga Asotobacter va Beijerinckia, Clostridium ni ayrim shtammlari, shuning bilan birga fotosintezlovchi bakterilar va ayrim sionabakteriyani turlari( ko’k yashil suv o’tlari). Asotobacter va Beijerinckia lardan tashqari bu gruppani vakillari asosan madaniylashmagan kam aeratsiyali tuproqlarda anaerob oziqlanadi.
Erkin yashovchi azotofiksatorlar- geterotroflar oziqa manbai sifatida uglevodlarga muhtoj, ular sellyulozalarni va boshqa polisaxaridlarni parchalovchi mikroorganizmlar bilan doim bog’langan bo’ladi. Shuning uchun bakteriyalarni Asotobacter va Beijerinckia turkumlari yuqori o’simliklarni ildizining yuza qismiga joylashgan bo’ladi. Bunday joylanishini ildizlar rizosferaga ajratib chiqarayotgan maxsulotlarni bakteriyalar uglerod manbai sifatida foydalanishi bilan tushintiriladi.
Simbioz azotofiksatorlar gruxiga - eng avvalo dukkakli o’simliklar ildizida dukkak hosil qiluvchi bakteriyalar turkumi Rhizobium kiradi. Hozirgi vaqtda o’simliklarni turli oilasiga mansub bo’lgan 190ga yaqin turkumlari simbioz holatda azotni o’zlashtirish qobilyatiga ega. Ular qatoriga ayrim daraxt va butalar, moxlar ham kiradi.
Qishloq ho’jaligida dukkaklilar bilan simbioz holatda yashab yiliga o’rtacha 100 dan 400 kg/ga azot fiksatsiya qiluvchi bakteriyalarni Rhizobium turkumi katta ahamiyatga ega. Madaniy dukkaklilar orasida beda bir yilda 500 dan 600 , yo’ng’ichqa – 250-30, lyupin – 150, no’xot, loviya 50-60s kg/ga azot to’plashi mumkin.

Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling