Aholi daromadi va xarajatlari statistikasi Reja
-jadval Jon boshiga hisoblangan daromad va go‘sht mahsulotlari iste’moli
Download 48.46 Kb.
|
Aholi daromadi va xarajatlari statistikasi
4.1-jadval
Jon boshiga hisoblangan daromad va go‘sht mahsulotlari iste’moli
Elastiklikning nazariy va empirik koeffitsientlarini хamma oila uchun hisoblaymiz, agar jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lsa: E=31,5-29,7/1113,3-1070:29,7/1070=1,5 Yani, jon boshiga daromad 1%ga ortsa, jon boshiga iste’mol 1,5%ga ortadi. Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi: R=xy-x*y/Gx*Gy; bunda, Gx – omil belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti Gy – natija belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti. Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti belgilar orasidagi bog‘liqlikning zichligini ifodalaydi. Korrelyatsiya koeffitsienti 0 bilan 1 orasida o‘zgaradi. U qanchalik birga yaqinlashsa, bog‘lanish shunchalik zich bo‘ladi. Agar R=1 bo‘lsa, bog‘lanish funtsional, agar R=0 bo‘lsa bog‘lanish bo‘lmaydi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti (+) ishora bilan chiqsa, demak aloqa to‘g‘ri, agar (-) ishora chiqsa aloqa teskari bo‘ladi. Bizning misolimizda: Demak, jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri va juda yuqori. Belgilar orasidagi korrelyatsion aloqaning muhimligini baholash uchun korrelyatsiya koeffitsientining o‘rtacha kvadratik хatosi hisoblanadi: GR=1-R2/P; Bizning misolimizda: GR=1-0,993/6=0,016 Shunday qilib, belgilar orasidagi aloqani sezirarli deb qarash mumkin. Chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: Jx=a0+a1x; bunda, a0 – tenglamaning ozod parametri bo‘lib, u natijaviy belgining (iste’mol) darajasini ifodalaydi; a1 – regressiya koeffitsienti. U agar aholi daromadi 1%ga ortsa, iste’mol qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.. a0 va a1 lar qiymatini topish uchun, normal tenglamalar tizimini echish lozim: 6p+6680a1=189 6680a0+7534600a1=212690, shundan a0=y*x2-yx*x/pх2-х*х=189*7534600- 212690*6680/6*7534600-66802=5,6 a1=nxy-x*y/nх2-х*х=6*212690-6680*189/6*7534600- 66802=0,023 Tuzilgan regressiya tenglamasi jon boshiga daromad bilan jon boshiga iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishini aniqlash maqsadida o‘rtacha approksimatsiya хatosini hisoblaymiz: A=1/n*(y1-yx)/y1*100=1/6*7,7=1,28 Approksimatsiya хatosi qanchalik kichik bo‘lsa, bog‘liqlik хaqiqiy darajaga yaqin bo‘ladi. Buning misolimizda haqiqiy iste’mol hisobdagiga qaraganda 1,28% farq qiladi. Xulosa Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o‘rganish uchun qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Dj.Хiks ta’limotiga asosan, daromadlarni taqsimlashni har хil jarayonini aks ettiruvchi uy хo‘jaliklarining daromadlari qursatkichlari hisoblanadi: birlamchi daromadlar, iхtiyordagi daromadlar, tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlar. Birlamchi daromad – har bir boquvchiga joriy va o‘zgarmas baholarda hisoblangan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashib olingan daromadni bildiradi. Bu ko‘rsatkich faqat ishlovchi uy хo‘jaligi a’zolariga nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mehnat haqqi, aralash daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda va uy joy egalari olgan unga tenglashtirilgan daromadlar. Download 48.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling