Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Download 113.29 Kb. Pdf ko'rish
|
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
. 532 yuqori daromad oladiganlar 5-20 foizi tashkil etgan. Daromadlarning asosiy qismi o‘rtahol qatlamlarga to‘g‘ri kelgan. Daromadlarning taqsimlanishidagi bu bog‘lanish iqtisodiy nazariada Pareto qonuni deb yuritiladi Axoli daromadga qarab guruxlanishini daromadlar piramidasi orqali tasavvur qilish oson bo‘ladi O‘ta boylar Boylar 37-rasm. Daromadlar piramidasi Ko‘rinib turibdiki, piramidaning asosiy qismini o‘rta qatlamlar egallagan. Aholining o‘rta qatlam toifasiga daromadi tirikchilik umumiy qiymatidan yuqori bo‘lgan, lekin o‘rtacha daromadlar darajasidan oshib ketmaganlar kiradi. Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi, bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish, daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulkka uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya va boshqalar ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki meros qoldirilishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ruy beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlilikni ta’minlab borish muammolari yuzaga chiqadi. Har qanday iqtisodiyot sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar kishilarning umumiy layoqati (jismoniy, aqliy va estetik) dagi farqlar; ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib). O’rta xollar Камбағаллар Ўта камбағаллар |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling