Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi


Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi


Download 113.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi113.29 Kb.
#1571138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi

 Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi 
 

528 
daromadlari 12,7% ni tashkil qiladi. MDX mamlakatlari ichida faqatgina 
Belorussiyada bu ko‘rsatkich O‘zbekistonnikidan yuqori (18,8%), boshqa MDX 
davlatlarida esa u 8% dan oshmaydi. 
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi, hamda kishilar 
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. 
Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini belgilaydigan bir 
qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Bular quyidagilar: 

yashash sharoitlari va standartlari; 

qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta’minlanganligi; 

kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi

zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning 
samarasi; 

aholining sifatli iste’mol tovarlari
xususan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
bilan ta’minlanganligi; 

zamonaviy ta’lim hamda sog‘liqni 
saqlash tizimidan bahramand bo‘lishi. 
O‘zbekistonda hozirgi paytda barcha 
oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 
foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha 
asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch 
oiladan biri shaxsiy engil avtomobilga ega
aholi iste’mol mahsulotlari bilan etarli darajada 
ta’minlab kelinadi
2

Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi 
jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy 
daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida butun 
aholi uchun va tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab 
chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush 
darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ichki milliy mahsulot ko‘rsatkichi 
bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, 
iste’molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator iste’molchilik byudjetlari 
mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, 
minimal moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa 
ijtimoiy guruhlari byudjeti, shular jumlasidandir. 
2
Каримов И.А. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом 
эттириш. Т.: Ўзбекистон, 2013. 31-33 бетлар. 
Real daromad – narx darajasi 
o‘zgarishini hisobga olib, 
aholining ixtiyorida bo‘lgan 
daromadga sotib olish 
mumkin bo‘lgan tovar va 
xizmatlar miqdorini 
ko‘rsatadi.



Download 113.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling