Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Download 113.29 Kb. Pdf ko'rish
|
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu mavzuda aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini
- 3. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari.
27 М A V Z U AHOLI DAROMADLARI VA UNING TABAQALANISHI Mavzuning qisqacha tafsiloti. Bu mavzuda aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, iste’molchilik byudjeti asosida amalga oshirilishi ko’rsatilgan. Qator iste’molchilik byudjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, minimal moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti ko’rib chiqimiz. REJA 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari. 2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. 3. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi . 526 Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; - jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar; - aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; - lotereya bo‘yicha yutuqlar; - tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; - har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va hokazo. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish; 4) turar joy sharoitlari; 5) aholining daromadlari va xarajatlari; 6) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; 7) transport vositalari; 8) dam olishni tashkil etish; 9) ijtimoiy ta’minot; 10) inson erkinligi. Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar. Bozor tizimi iste’molni ta’minlashning eng samarali usullarini yaratib ayni vaqtda aholi daromadlarini oshirib borishga keng yo‘l ochib Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: “mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgaradi”. Download 113.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling