Aholi ijtimoiy himoyasida pensiya fondlari rolini
Oriental Renaissance: Innovative
Download 442.39 Kb. Pdf ko'rish
|
aholi-ijtimoiy-himoyasida-pensiya-fondlari-rolini-oshirish-yo-llari (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 151 w www.oriens.uz April 2021 kozda tutilgan xalqaro me’yorlarga mos ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xujjatlarda, jamiyatning xar bir a’zosi davlat tuzilishi va resurslari miqdorida kelib chiqqan xolda, ijtimoiy ta’minot, inson qadriyatlari hamda shaxs erkinligi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy soxalarda kamol topishini ta’minlanishi huquqiga ega ekanligi e'tirof etlgan. Xar bir inson, o'zi va oila a’zolarining hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan daromad manbalaridan ixtiyoriysiz ravishda maxrum boʻlganda jamiyat tomonidan moddiy ta’minlanish va yordam olish huquqiga ega. MUHOKAMA VA NATIJALAR. Aholining ijtimoiy ta’minoti borasida yuqorida bayon qilingan xalqaro tamoyillardan kelib chiqqan holda, O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 39- moddasida «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoqotganda, shuningdek boquvchisidan maxrum bolganda va qonunda nazarda tutilgan boshka xollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, va ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab quyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas» ekanligi e’tirof etilgan 3 . Ko’zda tutilgan Ijtimoiy ta’minot tizimi, avvalambor, vaqtincha yoki doimiy ravishda mehnatga layoqatsiz kishilarga, nogironlarga, yetarli daromad manbayiga ega bo’lmagan qariyalarga, yosh bolalarga, yetim bolalarga va ayniqsa, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga yordam beradi. Bugungi kunda bu kabi ishlar juda ham koʻpaymoqda, buning natijasida esa aholi ham davlat ham manfaatdor boʻladi. Hozirda O’zbekistondagi 3 millionga yaqin odam Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi orqali pensiya, nafaqa va kompensatsiya bilan ta’minlanmoqda. Bu umumiy aholining deyarli 10 foizini tashkil qiladi. Pensiya fondi sohada 3000 ga yaqin xodim ishlaydi. Bugungi kunda jamg’arma ijobiy moliyaviy natijalarga ega bo’lib, mamlakatdagi nafaqaxo’rlar va nafaqaxo’rlarga mablag’larni o’z vaqtida va to’liq etkazib berishni ta’minlaydi. Biroq, so’nggi yillarda dunyoda sodir bo’lgan siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida milliy pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatadigan juda qiyin va tashvishli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda respublikamiz bu muammolardan biroz yiroqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Lekin, siyosatchi va iqtisodchilar, ularning so’zlariga ko’ra, yaqin kelajakda biz butun dunyo kabi muammolarga duch kelamiz. Shu sababli, bugungi kunda dunyo mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimida yuzaga keladigan muammolarni chuqur va har tomonlama o’rganishimiz kerak degan hadik bilan aytilgan edi lekin tadqiqotlar natijasida bunday muammolarni juda osonlik bilan hal qilishdi. Hozirgi vaqtda milliy ijtimoiy himoya va ijtimoiy sug’urta tizimlariga ega bo’lgan dunyoning barcha 3 O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling