Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta'minlash parametrlari


Download 84.87 Kb.
bet8/16
Sana09.11.2021
Hajmi84.87 Kb.
#172597
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Kurs iwi Mehnat sotsiologiyasi 2020

2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta'minlash parametrlari

Keyingi yillarda mamlakatimizda 2017-2021 yillar uchun Haraqatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, ayniqsa sanoat, qishloq xoʼjaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat koʼrsatish, nodavlat taʼlim va sogʼliqni saqlash muassasalarida ishchi kuchiga boʼlgan talab izchil oshmoqda.

Tadbirkorlik subʼektlari uchun biznes va investitsiya muhiti qulayligini oshirish, korxonalarga soliq yukini kamaytirish, oilaviy tadbirkorlik va shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish boʼyicha yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida joriy yilda mehnat bozorida bir necha yillar davomida kuzatilmagan ijobiy koʼrsatkichlar qayd etilmoqda.

Ishsizlik darajasi 2019 yil boshiga nisbatan 0,4 foizga kamayib, joriy yil 1 oktyabrь holatiga 8,9 foizni tashkil etdi. Rasmiy band aholi soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga yoki 308 ming kishiga oshgan va 5,7 million kishiga yetdi. Iqtisodiy nofaol aholi soni 200 mingga kamayib, 4,0 million kishini tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, yoshlar va ayollar oʼrtasidagi ishsizlik yuqoriligacha qolmoqda (mos ravishda 14,9 foiz va 12,5 foiz), ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1,3 million kishini tashkil etgan. Ish bilan band aholi tarkibida norasmiy band kishilar ulushi (mehnat migratsiyasiz) yuqoriligicha qolib, 39,0 foizni tashkil etmoqda. Ish beruvchilar mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan eʼtiroz bildirmoqda.

Аholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʼmaklashish, ishsizlar, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash, mehnat bozorini tartibga solishning yangi taʼsirchan mexanizmlarini tatbiq etish, aholini tadbirkorlikka va samarali bandlik shakllariga jalb etish, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublikaning ish beruvchi tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 yilda yangi ish oʼrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash prognoz koʼrsatkichlari maʼqullandi.

Quyidagilar:

a) 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha prognoz koʼrsatkichlari, jumladan:



  • 2020 yilda doimiy yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha prognoz;

  • yirik loyihalar va byudjet mablagʼlari hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlari prognoz;

  • kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish va faoliyatini kengaytirish hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlari prognoz;

  • oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlari prognoz;

b) 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini taʼminlash va ish beruvchilarni ragʼbatlantirish boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlarning prognoz koʼrsatkichlari, jumladan:

  • aholi bandligini taʼminlash va ish beruvchilarni ragʼbatlantirish boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlarning prognoz;

  • ishsiz aholini boʼsh va zaxira ish oʼrinlariga joylashtirish prognoz;

  • ishsizlarni haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish prognoz;

  • ishsizlarni kasbga oʼqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda kasbiy taʼlim muassasalariga grant mablagʼlari ajratish prognoz;

  • aholi bandligini taʼminlash maqsadida Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiya va mikrokreditlar ajratish prognoz;

  • ish qidiruvchi shaxslarni ishsizlik nafaqalari bilan taʼminlash prognoz;

v) 605 ming oʼzini oʼzi mehnat daromadi olishga yoʼnaltirgan va yashirin ish oʼrinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari, shu jumladan:

  • oʼzini oʼzi band qilish orqali mehnat daromadi olishga yoʼnaltirgan va yashirin ish oʼrinlarida faoliyat koʼrsatayotgan shaxslarni rasmiylashtirish;

  • oʼzini-oʼzi mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilgan fuqarolarni rasmiylashtirish;

  • norasmiy faoliyat koʼrsatayotgan yashirin ish oʼrinlarini rasmiylashtirish;

  • tashkillashtirilgan holda fuqarolarni xorijiy mamlakatlarda ishga joylashishga koʼmaklashish boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlarning prognoz.

Birlashgan Аrab Аmirliklarining Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaat va shikoyatlarni “bir darcha” tamoyili asosida tezkor koʼrib chiqish va davlat mehnat inspektsiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratildi.

Mehnat munosabatlari sohasidagi har bir murojaat va shikoyatni koʼpi bilan 5 ish kuni ichida koʼrib chiqish, shundan 2 kun - mehnat nizolarining ish beruvchi va ishlovchi oʼrtasida oʼzaro hal qilinishini ragʼbatlantirish (mediatsiya qilish), nizolar hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda davlat mehnat inspektori vakolati doirasida huquqiy maslahat berish, masala yechilmagan taqdirda 5-chi kuni mehnat qonunchiligi doirasida tegishli chora koʼrish yoki materiallarni sud organlariga kiritish, lozim boʼlgan hollarda mehnat munosabatlari sohasidagi murojaat va shikoyatlarni hal qilish jarayoniga kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning uyushma tashkilotlari vakillarini jalb etish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat M” markazlarining taʼmirlash va saqlash xarajatlari Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.


  • 2020 yil davomida mehnat organlari tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida bandlikka koʼmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etildi;

  • uch oy muddatda bandlikka koʼmaklashish markazlari tomonidan har bir koʼrsatilayotgan xizmatning maʼmuriy jarayonlar reglamentini qayta koʼrib chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati, vaqti, xodimlarning mehnat va ijro intizomi, aholining xizmatlardan qoniqish hosil qilish darajasini oʼrganishni taʼminlashni nazarda tutdi.

  • uch oy muddatda har bir bandlikka koʼmaklashish markazida ishga joylashtirishga yoʼllanma berilayotgan ishsiz fuqorolarga ish beruvchilarga taqdim etish uchun shaxsiy rezyumeni shakllantirish maqsadida rasmga olish hamda fuqarolarga koʼrsatilayotgan xizmat sifatini on-layn rejimida baholash uchun moslamalar (raqamli fotokamera va planshet)lar bilan taʼminlash choralarini koʼrdi.

  • mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa ishsiz yoshlar va ayollar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintgeratsiya) qilish, jumladan kasbga moslashtirish, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarini jalb etdi.

2020 yil davomida ishsizlar soni yuqori boʼlgan mahallalarda 10 ta “Mehnat guzari” komplekslarini namunaviy loyihalar asosida qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolariga xizmat koʼrsatish va mikro ishlab chiqarish uchun imtiyozli ravishda joy ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan joylarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini bermoqda.

2020 yil davomida bandlikka koʼmaklashish markazlari va ishsiz va band boʼlmagan aholini kasb-hunarga oʼqitish markazlarida umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida katta sinf oʼquvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini taʼriflovchi mulьtimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yoʼnaltirish dasturini joriy etdi.

2020 yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan birgalikda, Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida Bosh Prokuratura akademiyasining faoliyati tajribasini keng joriy etish, shu jumladan mehnat organlari xodimlarining bilim va koʼnikmalarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy taʼlim, oʼqitish va treninglarning interfaol uslublarini keng joriy etish orqali rivojlantirish hamda ishga kirishga nomzodlarning samarali tanlovini oʼtkazishni taʼminlasin.

2020 yilda yangi ish oʼrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash prognoz parametrlarini oʼz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagilarga:



  • Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, xoʼjalik boshqaruvi organlari yirik loyihalarni amalga oshirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – byudjet mablagʼlaridan tegishliligi boʼyicha ijtimoiy soha obʼektlarini ishga tushirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish oʼrinlari tashkil etish shuningdek, norasmiy sektordagi yashirin ish oʼrinlarini legallashtirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi – masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2020 yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha davlat buyurtmasining oʼz vaqtida va samarali bajarilishini muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklangan.

2020 yil noyabr oyiga qadar 2030 yilgacha Oʼzbekiston Respublikasida Аholi bandligini taʼminlash boʼyicha uzoq muddatli Milliy strategiyasini ishlab chiqdi. Milliy strategiyada:

  • mehnat bozori holatini chuqur oʼrganish, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash orqali mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishning ilgʼor mexanizmlarini joriy qilish;

  • bandlikni rivojlantirishga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini kamaytirishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqish;

  • bandlikni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini amalga oshirish va samarali siyosat olib borish orqali aholini doimiy ish oʼrinlari bilan taʼminlash asosida ularning real daromadlarini oshirish;

  • bandlikni qoʼllab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va monitoring qilish, ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarishning asosiy koʼrsatkichlarni samarali baholash.

2020 yil dekabr oyiga qadar mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchini raqobatbardoshligini oshirish Kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Kontseptsiyada:

  • mamlakat korxonalarida ilgʼor xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • mamlakat ish kuchining inson kapitali darajasi oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, uni aniqlash va baholash indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar kesimida yaratish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalarida mehnatni meʼyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish reja-jadvallarini tasdiqlash.





  1. Download 84.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling