Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari


III. Kuzatuvni o‘tkazishning asosiy tashkiliy qoidalari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278836
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O

III. Kuzatuvni o‘tkazishning asosiy tashkiliy qoidalari 
8. Kuzatuvni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli 
bajarilishini ta’minlash, kuzatuvni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish va uning monitoringini 
olib borish, uning natijalarini tahlil qilish Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish 
bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
9. Respublika hududlarida tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda so‘zsiz va 
sifatli amalga oshirish va kuzatuvni o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida aholi sonining tanlama statistik 
kuzatuvini o‘tkazish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tomonidan aniq chora-tadbirlar va mas’ul bajaruvchilar ko‘rsatilgan holda 
tayyorgarlik tadbirlarini tashkil etish va kuzatuvni o‘tkazish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul 
qilinadi. 
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistika organlari bilan birgalikda 
aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxati 
tuziladi. Bunda doimiy yashovchi aholi soni to‘g‘risidagi davlat statistika ma’lumotlari hisobga 
olinadi. 
Tumanlar va shaharlar hokimliklaridan olingan aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi 
soni ko‘rsatilgan barcha aholi punktlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan umumlashtiriladi hamda 
Respublika komissiyasiga taqdim etiladi. 
10. Kuzatuv aholi punktlarida tasodifiy keng qamrovli tanlov asosida Davlat statistika 
qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat 
bo‘yicha o‘tkaziladi. 
11. Aholini to‘liq va yalpi qamrab olishni ta’minlash maqsadida tumanlar va shaharlar 
hokimliklari tomonidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat 
qo‘mitasining hududiy organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kuzatuv 
o‘tkaziladigan aholi punktlari ko‘chalari nomlari ko‘rsatkichlari hamda uylar, kvartiralar tartib 
raqamlari xatlovdan o‘tkaziladi va tartibga solinadi. 
12. Tanlab olingan aholi punktlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan manzillar ro‘yxatlari tuziladi, kuzatuv o‘tkazilayotgan aholi punktida aholi soni to‘liq 
qamrab olinishini ta’minlash uchun har bir uyda (kvartirada) yashovchilar soni ko‘rsatiladi. 
13. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistikasi hududiy organlari 
bilan birgalikda statistika organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va 
yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari 
o‘qituvchilari orasidan ma’lumotlar to‘plovchi (so‘rovnoma o‘tkazuvchi) shaxslar kontingentini 
tanlash tashkil etiladi. Xodim yashaydigan joy kuzatiladigan aholi punktiga borish uchun qulay 
bo‘lishi kerak. 
Ma’lumotlar to‘playdigan shaxslar kontingenti bir kunda o‘rtacha 50 kishini so‘rab 
chiqish mo‘ljalidan kelib chiqib belgilanadi. 
Shaxslar kontingentini tanlashda ma’lumotlarni to‘plash jarayonida zamonaviy 
fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli va qo‘yilgan vazifalarni bajarishni ta’minlashga qodir 
bo‘lgan shaxslar jalb etilishini ta’minlash zarur. 


Tanlab olingan shaxslar kontingenti hududiy statistika boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 
tasdiqlangan nomi yozilgan belgi (guvohnoma) bilan ta’minlanadi. 
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan: 
statistika organlari va Ijtimoiy tadqiqotlar instituti xodimlari orasidan har bir aholi 
punktida so‘rovni o‘tkazish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydigan supervayzyerlar (nazoratchi 
instruktorlar) tayyorlanadi; 
tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ma’lumotlarni to‘plash 
uchun tanlab olingan shaxslar kontingentini o‘qitish tashkil etiladi. O‘quv seminarlarida 
so‘rovnomalarni namunali to‘ldirish, keyinchalik xatolarni tahlil qilish va yuzaga keladigan 
qiyinchiliklarni tushuntirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish nazarda tutiladi. O‘qitish 
ishga o‘qitilayotganning o‘rganilgan materialni o‘zlashtirib olishi to‘g‘riligini va tayyorgarligi 
darajasini majburiy tekshirish bilan tugallanadi. 
15. Ma’lumotlar to‘plashda ishtirok etayotgan shaxslar kontingentiga aholi sonini 
kuzatish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Davlat statistika qo‘mitasiga ajratilgan mablag‘lar 
hisobidan mukofot puli to‘lanadi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling