Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278836
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O



AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA 
O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI . 
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan 
qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 
2020-yil 
27-sentabrdagi 
PF-6075-son 
Farmoni)”gi 
qaroriga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. 
Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish yakunlarini chiqarish 
METODIKASI 
I. Tanlama statistik kuzatuvning maqsad va vazifalari 
1. Respublikada doimiy yashovchi aholining yanada aniq sonini aniqlash, shuningdek 
demografik jarayonlarning joriy hisobi ma’lumotlarini aniqlashtirish aholi sonining tanlama 
statistik kuzatuvining (keyingi o‘rinlarda kuzatuv deb ataladi) maqsadi hisoblanadi. 
2. Quyidagilar kuzatuvning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
demografik jarayonlarning joriy hisobi ma’lumotlarini baholash; 
demografiya statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish; 
aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni tashkil etish usullarini takomillashtirish; 
demografik hisob-kitoblar va tahlil sifatini jiddiy oshirish uchun zarur ma’lumotlar 
asosini yaratish. 
II. Kuzatuvni o‘tkazishning asosiy metodologik qoidalari 
3. Respublikaning butun hududi bo‘yicha aholi sonining 10 foizi kuzatuv bilan qamrab 
olinadi. 
Kuzatuv tanlab olingan shahar, qishloq aholi punktlari va mahallalarda (keyingi 
o‘rinlarda aholi punktlari deb ataladi) yalpi uyma-uy aylanib chiqish va yashayotgan shaxslarni 
ushbu Metodikaga 
1-ilovaga
 muvofiq shakl bo‘yicha maxsus kuzatuv so‘rovnomasi (keyingi 
o‘rinlarda so‘rovnoma deb ataladi) asosida so‘rab chiqish yo‘li bilan respublikaning har bir tumani 
va shahrida o‘tkaziladi. 
So‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi ushbu Metodikaga 
2-ilovaga
 muvofiq belgilangan. 
4. Kuzatuvni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov usuli bilan respublikaning har bir tumani va shahrida 
aholining 10 foizi qamrab olinishi hisobga olingan holda kuzatuvni o‘tkazish uchun aholi 
punktlarining aniq ro‘yxati belgilanadi. 
5. Ko‘rsatib o‘tilgan aholi punktlari hududida doimiy yashaydigan, shu jumladan 
vaqtincha uyida bo‘lmagan aholi (fuqaroligidan qat’i nazar) tanlab kuzatishda hisobga olinishi 
kerak. 
So‘rab chiqilayotgan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy yoki kvartira doimiy 
yashash joyi hisoblanadi. 
6. Kuzatuvda shuningdek, quyidagilar hisobga olinadi: 
so‘rov paytida ushbu aholi punktlari hududida vaqtincha turgan, biroq chet elda doimiy 
yashaydigan shaxslar, fuqaroligi yo‘q shaxslar va xorijiy fuqarolar; 
chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar, shuningdek kontrakt bo‘yicha 
harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan so‘rov o‘tkazilayotgan paytda yopiq 
hududda bo‘lgan harbiy xizmatchilar; 
dastlabki qamoq joylaridagi shaxslar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida 
jazoni o‘tayotgan shaxslar; 
ijtimoiy yo‘nalishdagi institutsional muassasalardagi shaxslar (Mehribonlik uylari, 
saqlash, tarbiyalash, ta’lim berishning alohida sharoitlariga ehtiyoj sezuvchi bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar kollejlari, “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylari, 
surunkali kasalliklardan azob chekayotganlar uchun kasalxonalar va boshqalar). 


7. Kuzatiladigan manzillar (uylar, kvartiralar) bo‘yicha yashayotgan xorijiy fuqarolarning 
quyidagi toifalari kuzatuvda hisobga olinmaydi: 
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy 
fuqarolar, shuningdek ularning ular bilan birga yashaydigan oila a’zolari; 
xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy fuqarolar; 
xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari tarkibida O‘zbekiston 
Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar; 
turizm maqsadida O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling