Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari
Kuzatuv so‘rovnomasini to‘ldirish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istiqlol 15 25 01-savol.
Kuzatuv so‘rovnomasini to‘ldirish
TARTIBI So‘rovnoma oilaning har bir a’zosi bo‘yicha alohida to‘ldiriladi. So‘rov o‘tkazilayotgan oila yashayotgan ko‘chaning nomi va uyning tartib raqami so‘rovnomaning tegishli katagida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak — Istiqlol 15 25 01-savol. So‘rab chiqilayotgan shaxsning jinsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar javoblarning tegishli katagida doira bilan belgilanadi. 02-savol. Millati so‘rab chiqilayotgan shaxsning og‘zaki javobiga ko‘ra so‘z bilan yoziladi. 03-savol. Tug‘ilgan sanasi kataklarda raqamlar bilan ko‘rsatiladi — 15 09 1960 04-savol. So‘rab chiqilayotgan shaxsning fuqaroligi so‘zlar bilan yoziladi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi). 05-savol. So‘rab chiqilayotgan shaxsning doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasport asosida, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — ota-onasining so‘zlari asosida ko‘rsatiladi, barcha kataklar so‘zlar bilan to‘ldiriladi. Javoblar so‘rab chiqilayotgan shaxslarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi (hujjatlar tekshirilmaydi). 06-savol. So‘rab chiqilayotgan shaxsning oilaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar javoblarning tegishli katagida doira bilan qayd etiladi (o‘n yetti yoshga to‘lmagan erkaklar va 16 yoshga to‘lmagan ayollar uchun 6-savol to‘ldirilmaydi). 07-savol. So‘rab chiqilayotgan shaxsning ma’lumoti quyidagi tarzda qayd etiladi, agar so‘rab chiqilayotgan shaxs: oliy yoki undan yuqori ma’lumotga ega bo‘lsa (oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lsa) — doira bilan 1 raqami belgilanadi; oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa yoki akademik ta’tilda bo‘lsa — doira bilan 2 raqami belgilanadi; o‘rta maxsus ta’lim muassasasini (akademik litsey, kasb-hunar kolleji, texnikum, professional-texnika, tibbiyot, pedagogika va boshqa bilim yurtini) tamomlagan bo‘lsa — doira bilan 3 raqami belgilanadi; umumta’lim maktabining 9, 10 yoki 11-sinfini to‘liq tugatgan bo‘lsa — doira bilan 4 raqami belgilanadi; umumta’lim maktabini to‘liq tugatmagan bo‘lsa yoki unda o‘qiyotgan bo‘lsa — doira bilan 5 raqami belgilanadi; boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lsa (1 — 4-sinflar) yoki umumta’lim maktabida umuman o‘qimagan bo‘lsa — doira bilan 6 raqami belgilanadi. Maktab yoshiga yetmagan bolalar uchun 7-savol to‘ldirilmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling