Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish yakunlarini chiqarish METODIKASI I. Tanlama statistik kuzatuvning maqsad va vazifalari
- II. Kuzatuvni o‘tkazishning asosiy metodologik qoidalari
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI . Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish yakunlarini chiqarish METODIKASI I. Tanlama statistik kuzatuvning maqsad va vazifalari 1. Respublikada doimiy yashovchi aholining yanada aniq sonini aniqlash, shuningdek demografik jarayonlarning joriy hisobi ma’lumotlarini aniqlashtirish aholi sonining tanlama statistik kuzatuvining (keyingi o‘rinlarda kuzatuv deb ataladi) maqsadi hisoblanadi. 2. Quyidagilar kuzatuvning asosiy vazifalari hisoblanadi: demografik jarayonlarning joriy hisobi ma’lumotlarini baholash; demografiya statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish; aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni tashkil etish usullarini takomillashtirish; demografik hisob-kitoblar va tahlil sifatini jiddiy oshirish uchun zarur ma’lumotlar asosini yaratish. II. Kuzatuvni o‘tkazishning asosiy metodologik qoidalari 3. Respublikaning butun hududi bo‘yicha aholi sonining 10 foizi kuzatuv bilan qamrab olinadi. Kuzatuv tanlab olingan shahar, qishloq aholi punktlari va mahallalarda (keyingi o‘rinlarda aholi punktlari deb ataladi) yalpi uyma-uy aylanib chiqish va yashayotgan shaxslarni ushbu Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha maxsus kuzatuv so‘rovnomasi (keyingi o‘rinlarda so‘rovnoma deb ataladi) asosida so‘rab chiqish yo‘li bilan respublikaning har bir tumani va shahrida o‘tkaziladi. So‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi ushbu Metodikaga 2-ilovaga muvofiq belgilangan. 4. Kuzatuvni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov usuli bilan respublikaning har bir tumani va shahrida aholining 10 foizi qamrab olinishi hisobga olingan holda kuzatuvni o‘tkazish uchun aholi punktlarining aniq ro‘yxati belgilanadi. 5. Ko‘rsatib o‘tilgan aholi punktlari hududida doimiy yashaydigan, shu jumladan vaqtincha uyida bo‘lmagan aholi (fuqaroligidan qat’i nazar) tanlab kuzatishda hisobga olinishi kerak. So‘rab chiqilayotgan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy yoki kvartira doimiy yashash joyi hisoblanadi. 6. Kuzatuvda shuningdek, quyidagilar hisobga olinadi: so‘rov paytida ushbu aholi punktlari hududida vaqtincha turgan, biroq chet elda doimiy yashaydigan shaxslar, fuqaroligi yo‘q shaxslar va xorijiy fuqarolar; chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan so‘rov o‘tkazilayotgan paytda yopiq hududda bo‘lgan harbiy xizmatchilar; dastlabki qamoq joylaridagi shaxslar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslar; ijtimoiy yo‘nalishdagi institutsional muassasalardagi shaxslar (Mehribonlik uylari, saqlash, tarbiyalash, ta’lim berishning alohida sharoitlariga ehtiyoj sezuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar kollejlari, “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylari, surunkali kasalliklardan azob chekayotganlar uchun kasalxonalar va boshqalar). 7. Kuzatiladigan manzillar (uylar, kvartiralar) bo‘yicha yashayotgan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari kuzatuvda hisobga olinmaydi: xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning ular bilan birga yashaydigan oila a’zolari; xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy fuqarolar; xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari tarkibida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar; turizm maqsadida O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling