Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari


V. Kuzatuv natijalarini umumlashtirish va tayyorlash


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278836
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASH VA O

V. Kuzatuv natijalarini umumlashtirish va tayyorlash 
20. Hududiy statistika boshqarmalari: 
aholi punktlari bo‘yicha to‘ldirilgan so‘rovnomalarni turkumlaydilar; 
har bir aholi punkti bo‘yicha so‘rovnomalarga tartib raqami qo‘yadilar; 
so‘rovnomalarning savollariga so‘z bilan yozilgan javoblarni kodlashtiradilar; 


maxsus dasturiy ta’minlashdan foydalangan holda kodlashtirilgan ma’lumotlarni hududiy 
elektron ma’lumotlar bazasiga kiritadilar; 
materiallarni avtomatlashtirilgan tarzda umumlashtiradilar; 
elektron axborotning dastlabki nazorati va tahlilini amalga oshiradilar; 
olingan natijalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 
umumlashtiradilar; 
umumlashtirilgan elektron ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadilar. 
Kuzatuvning to‘ldirilgan so‘rovnomalarini umumlashtirish uchun hududiy statistika 
boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladigan so‘rovnomalar sonidan kelib chiqib ma’lumotlarni 
umumlashtirish bo‘yicha shartnoma asosida mutaxassislarning zarur soni qo‘shimcha ravishda 
jalb etiladi. 
To‘ldirilgan so‘rovnomalarning asl nusxalari ular umumlashtirilgandan keyin hududiy 
statistika organlari tomonidan doimiy saqlash uchun Davlat statistika qo‘mitasiga beriladi. 
21. Davlat statistika qo‘mitasi: 
hududiy statistika boshqarmalaridan olingan axborot asosida respublika bo‘yicha kuzatuv 
natijalarining elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi; 
kuzatuv natijalarini mantiqiy nazorat qiladi; 
kuzatuv natijalarini tahlil qiladi; 
olingan ma’lumotlarni aholini joriy hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslaydi; 
aholining uzil-kesil statistika ko‘rsatkichlari hisob-kitobini amalga oshiradi; 
yakuniy ma’lumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etadi. 
Aholining uzil-kesil statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirishda tanlab kuzatish natijalari 
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq butun aholiga 
tatbiq etiladi. 
22. Respublika komissiyasi: 
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan kuzatuv natijalarini va joriy hisobga 
olishni ko‘rib chiqadi; 
tushgan axborotni tahlil qilish asosida tegishli o‘zgartirishlarni Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining statistika ko‘rsatkichlariga kiritish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 
kuzatuv natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aholi soni to‘g‘risidagi statistika 
ma’lumotlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi. 
23. Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar doimiy yashovchi aholi 
sonini bundan keyin joriy hisobga olish va statistika hisob-kitoblarni tashkil etish uchun asos 
hisoblanadi. 
24. Kuzatuv ma’lumotlarini to‘plash, kiritish va umumlashtirishda qatnashadigan 
shaxslarni mukofotlash pulini hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishgan holda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 
Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish va yakunlarini chiqarish 
metodikasiga
 
1-ILOVA




Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini o‘tkazish va yakunlarini chiqarish 
metodikasiga
2-ILOVA 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling