Doimiy va mavjud aholi o’rtasidagi qanday bog’liqlik mavjud
Aholi soni aniqlanayotganda ikki xil kategoriyadagi aholi soni hisobga olinadi: Doimiy aholi-bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hududda bo’lish, bo’lmasligidan qat’I nazar istiqomat qiluvchilar soni. Mavjud aholi- mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazzar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi. DA=MA-VYa+VY MA=DA-VY+VYa DA-doimiy aholi, MA-mavjud aholi, VY-vaqtincha yo’q bo’lgan aholi soni, VYa-vaqtincha yashayotgan aholi soni
10.Yuridik aholi deganda nimani tushunasiz?
Yuridik aholi –shu joyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan aholi hisoblanadi. Lekin ba’zi hollarda doimiy va yuridik aholi o‘rtasidagi farq yo‘q bo‘lib ketadi, chunki ularning doimiy yashash joyini aniqlash ancha qiyin bo‘lib qoladi.
11.Aholi soni va tarkibi qanday aniqlanadi?
Aholi soni o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, bir qator ko’rsatkichlarni hisoblanda aholining o’rtacha soni aniqlanadi. Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin. 1. Agar aholi soni faqatgina yilning boshi va oxirida keltirilgan bo‘lsa, u holda
aholining o‘rtacha yillik soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
A0-aholining yil boshidagi soni; A1 -
aholining yil oxiridagi soni
Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshiga teng intervallarda keltirilgan bo‘lsa,
u holda aholining o‘rtacha soni o‘rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi:
=(1/2*A1+A2+A3+…+1/2*An)/(n-1)
. Agar aholi soni bir yil ichidagioylar bo’yicha teng bo’lmagan intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
Aholi tarkibida erkak va ayollar sonining o’zaro mutanosibligi va ularning yosh jihatdan bir-biriga yaqin bo’lishi nikohlanishi darajasiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi va aholining ko’payishi jarayonida asosiy demografik zamin hisoblanadi. Yosh - jins piramidasi ikki tomonlama chiziqli diagrammani o’zida aks ettirib, unda aholi yoshi va jinsi bo’yicha birgalikda taqsimlangan, bunda grafikning bir tomonida (o’ngdan) ayol jinsi aholi, ikkinchi tomondan esa (chap tomonda) erkak jins aholi aks ettiriladi.
Aholining yosh tarkibini iqtisodiy baholash nihoyatda muhim, sababi aholining iqtisodiy farovonligi mehnatga qobilyatli yoshdagi ishdagi band bo’lgan aholining sonei bilan bog’liq. Shunga ko’ra mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga tushadigan yuklamani o’rganish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |