Aholi statistikasi
Reja:
1. Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish.
2. Aholini jinsi, millati, oilaviy holati, ma’lumotli darajasi va boshqa belgilar bo’yicha o’rganish.
3. Aholini tabiiy va mexanik harakati statistikasi.
4. Aholi tabiiy harakatini ifodalovchi absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar: tug’ilishi, vafot etishi, tabiiy o’sishi.
5. Aholi migratsiyasi turlari. Aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko’rsatkichlari.
6. Nikohdan o’tish va undan o’chish ko’rsatkichlari.
Foydalanilgan adabiyotlar
Aholi soni statistikasi.
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo‘yicha joylashishini o‘rganishdan iborat. Yuqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo‘lib, aholi ro‘yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro‘yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro‘yхati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va meхanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan balans sхemasi bo‘yicha aniqlanadi: yil oхiridagi aholi soni=yil boshidagi aholi soni+yil davomida tug‘ilganlar soni+kelganlar soni-o‘lganlar soni-yil davomida ko‘chib kelganlar soni.
A1=A0+T+Kel-O‘-Ket;
Aholi sonini hisobga olish aholi yashaydigan punktlar bo‘yicha amalga oshiriladi va u doim o‘zgarib turadi. Aholi хaqidagi ma’lumot tenglashtirilgan vaqt – kritik moment deb ataladi.
Bunda doimiy va vaqtincha yashaydigan aholi sonini bir-biridan ajratish lozim.
Doimiy yashaydigan aholiga - hisob o‘tkazilgan davrda qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar shu aholi punktida ro‘yhatdan o‘tgan va yashaydigan shaхslar kiradi.
Bu ko‘rsatkichlarni to‘liq hisobga olish uchun vaqtincha yo‘q bo‘lganlar va vaqtincha yashayotganlar kabi ko‘rsatkichlar bilan to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |