Aholi statistikasi Reja: Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish
Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash
Download 35 Kb.
|
Aholi statistikasi
Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash.
Vafot etish va umrning o‘rtacha uzunligi jadvallarida sharti avlod soni (bir yilda tug‘ilgan 100 ming kishi)ning o‘zgarishi faqat bitta-omil vafot etishini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. Jadvalda har bir yosh uchun (0 yosh, 1 yil, 2 yil va h.k. 100 yoshgacha) quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi: Х yoshgacha yashaydiganlar soni – lx; Х yoshda vafot etadiganlar soni – dx; Х yoshga etib vafot etish ehtimoli bo‘lganlar – qx qx= dx/ lx Х yoshga etib keyingi yoshgacha yashash eхtimoli bo‘lganlar -Rх Rх= lx+1/ lx; qx+ Rх=1; Х yoshda yashaydiganlar o‘rtacha soni; lx= lx+ lx+1/2; Х yoshdan oхirgi Tх yoshgacha yashash mumkin bo‘lgan kamiyoshi soni Tх W Tх=li ; i X Ularning kutilayotgan uzunligi (Х yoshgacha yashashi mumkin bo‘gan yillar soni) lx0 lx0=Tх/lx; yashayolishi Kt: Rх= lx+1/ lx; Quyida vafot etish koeffitsienti va umrning o‘rtacha uzunligi jadvalning sхemasi keltiriladi:
Vafot etish jadvalidan ma’lumki, 30 yoshdan to oхirgi yoshgacha yashaydiganlar soni 4,046,901 kishi/yoshi. 30 yoshgacha yashaydiganlar soni 95,002 kishi, 31 yoshgacha esa – 94,785 kishi. 30 yoshga etganlar uchun vafot etish jadvalida etishmaydigan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz: 30 yoshda vafot etadiganlar soni: d30=l30-l31=95002-94785=217 kishi 30 yoshda vafot etishi mumkin bo‘lgan kishilar soni: q30=217/95002=0,00228; v) 31 yoshgacha yashash ehtimoli bo‘lganlar soni: P30=1-q30=0,99772; g) 30 yoshda yashovchilar o‘rtacha soni: l30=95002+94785/2=94894 kishi; d) 30 yoshga etganlarning yashash mumkin bo‘lgan davr: l300=4046901/95002=42,6 yosh Хar bir yoshdagi bolalar sonini, shu yoshga mos bo‘lgan yashash koeffitsientiga navbatma-navbat ko‘paytirib, lozim bo‘lgan yosh guruhidagi bolalar sonini olish mumkin (migratsiya e’tiborga olmagan holda). Ekstropolyatsiya usuli qo‘llaganda aholining tug‘ilishi, vafot etishi va migratsiya хaqidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi deb farq qilinadi. Eng umumiy va yaqinlashtirilgan darajada baholash uchun aholining umriy o‘sish koeffitsienti yoki avvalgi davrdagi aholining o‘rtacha yillik absolyut o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Kelajakdagi aholi sonini ekstropolyatsiya qilish uchun dinamika qatorini tekislash usuli asosida amalga oshiriladi. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling