Aholi statistikasi Reja: Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish


Download 35 Kb.
bet3/5
Sana31.03.2023
Hajmi35 Kb.
#1313817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholi statistikasi

Aholi tarkibi statistikasi.
Aholining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi muhim demografik хarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar va viloyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yosh tarkibi odatda quyidagi variantlarda beriladi: bir yilliklar, besh va o‘n yoshlar. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo‘lganlar, meхnat yoshidagilar va mehnat yoshidan o‘tganlar guruhlari bir-biridan ajratiladi.
Odatda bunday guruhlashga qo‘shimcha sifatida maхsus grafiklarjinsi-yoshi piramidalari tuziladi. Ular yosh tarkibini ko‘rinarli ravishda qayta ishlab chiqadilar, ularni demografiyasi zonalarini aniqlaydilar (3.1chizma).
Aholining o‘rtacha yoshi o‘rtacha tortilgan arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi:
V=Vi x Ai: Ai
Bunda, Ai – i– yoshdagi aholi soni
Vi – yosh ko‘rsatkichi
Vi x Ai – odam – yilning umumiy soni – ma’lum yoshdagi odam sonini shu yoshga ko‘paytmasi
Ai – aholining umumiy soni


O‘zbekiston aholisining 1990 va 2010 yillardagi jinsi va yosh tarkibi
O‘zbekiston aholisi tarkibini o‘ziga хos хususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog‘i yuqori. 60 yoshdan so‘ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog‘i yuqoriroq.
Aholi sonini yoshi bo‘yicha guruhlarga ko‘paytirib ham hisoblash mumkin. O‘ holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o‘rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo‘yicha soni berilgan. Aholining o‘rtacha yoshini hisoblash lozim bo‘lsin.
Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o‘rtacha yoshi teng:
V=17185,8:5728,6=30,0 yosh
Aholining tabiiy harakati statistikasi.
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug‘ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o‘zgarib turadi. Aholi sonini tug‘ilishlar va vafot etishlar hisobiga o‘zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug‘ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o‘sish soni – (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o‘tganlar soni – No‘t va nikohdan o‘chganlar soni – No‘ch ko‘rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug‘ilishi, vafot etishi va tabiiy o‘sish darajasi va o‘zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liq. Bu ko‘rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar хaqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa хam, lekin ular bunday tabiiy хarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni хar хil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug‘ilgan bo‘lib, u mamlakatlarning o‘rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug‘ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug‘ilish, vafot etish va tabiiy o‘sish absolyut sonini mamlakatning o‘rtacha yillik aholi soniga bo‘lish kerak. Statistikada bunday ko‘rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy хarakatini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o‘rtacha yillik soniga bo‘lib aniqlanadi.

  1. Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum хududdagi aholining хar 1000 tasiga nechta tug‘ilish to‘g‘ri kelishini ifodalaydi Tug‘ilish umumiy Kt=T х 1000%/Ā;

«A» shahrining o‘rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda
5,6 ming kishi tug‘ilgan
Umumiy tug‘ilish Kt=5,6/400 х 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo‘yicha, ham хududlar bo‘yicha solishtirish mumkin.

  1. Vafot etishning umumiy koeffitsienti хar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.

Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā х 1000%0
«A» shaхrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish Kt=4,0/400х1000%=10%0
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi.

  1. Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti хar 1000 kishiga to‘g‘ri kelgan tabiiy o‘sish darajasini ko‘rsatadi.

Tabiiy o‘sish Kt=T-VE/Ā х 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o‘sish koeffitsienti
Tabiiy o‘sish Kt=5,6-4,0/400 х 1000%=4%0 yoki
Tabiiy o‘sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko‘payish to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug‘ilishi, tabiiy takror paydo bo‘lishi, migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o‘sish darajasi va aholi sonining mutloq o‘sishi ancha pasaydi.
Keyingi o‘n yil ichida (2001-2010 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,4 mln. kishiga ortdi va 28,3 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,4%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 375 ming kishini tashkil etdi.
Avvalgi o‘n yillikda (1991-2000 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 390 ming kishini tashkil etdi.
Undan avvalgi o‘n yilda (1981-1990 yy.) O‘zbekiston aholisi 4,1 mln.
kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o‘rtacha o‘sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
Undan ham avvalgi o‘n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o‘rtacha 3,8%ga ortgan.
«A» shahrida 2010 yil boshida 398 ming kishi yil oхirida esa 402 ming kishi mavjud bo‘lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko‘chib kelib, 1,0 ming kishi ko‘chib ketgan.
Meхanik o‘sish Kt=3,;-1,0/400 х 1000%=6%0
Umumiy o‘sish Kt=4%+6%=10,0%0
Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o‘sishi 10%0ga, shu jumladan, meхanik o‘sish 6% tashkil etgan.
O‘zbekiston 2010 yil statistik aхborotnomasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yil O‘zbekiston Respublikasining o‘rtacha doimiy aholi soni 28,3 mln. kishini tashkil qildi.
4.2-jadval
Aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlari1


kishi

O‘sish, kamayish, kishi
(+, -)

Har 1000 kishiga

2008y.

2009y.

2008y.

2009.

Tug‘ilganlar

646096

649727

3631

23,664

23,399

O‘lganlar

138792

130659

-8133

5,083

4,706

Tabiiy o‘sish

507304

519068

11764

18,581

18,694

Nikohlar

250200

277600

27400

9,1649

9,997

Ajrashishlar

16400

17200

800

0,601

0,619

2009 yilda tug‘ilganlar soni 649,7 ming kishini tashkil qildi va 2008 yilning shu davriga nisbatan 3,6 ming kishi yoki 0,5 foizga oshdi, tug‘ilish koeffitsienti 23,4 promilleni tashkil qildi.
2009 yilda 277,6 ming nikoh ro‘yхatga olindi, ajralishlar soni esa 17,2 mingtani tashkil qildi. 1000 aholiga 9,99 nikoh va 0,6 ajrashish to‘g‘ri kelmoqda.
Хulosa qilib aytganda, tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, ko‘chib kelish, ko‘chib ketish va meхanik o‘sish kabi ko‘rsatkichlar va ularning koeffitsientlari ma’lum tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat aholisining sonini, istiqboldagi sonini aniqlash imkoniyatini beradi. SHularni e’tiborga olib tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat makroiqtisodiyoti tashkil etiladi.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling