«Aholi statistikasi» fanini nimani o’rganadi? «Aholi statistikasi»


Aholi ro‘yxati deganda nimani tushunasiz va uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?


Download 71.76 Kb.
bet2/11
Sana20.10.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1713813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholi statistikasi

Aholi ro‘yxati deganda nimani tushunasiz va uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Aholi ro‘yxati–ilmiy asosda tashkil etilgan statistik faoliyat bo‘lib, uning maqsadi –aholi soni, tarkibi va joylashishi haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Aholini ro‘yxatga olishning o‘ziga xos birinchi xususiyati –bunda mamlakatni hamma hududi qamrab olinadi, davlatning hamma aholisi, hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘ymay qamrab olinadi.Aholi ro‘yxatini o‘tkazishning ikkinchi xususiyati –aholi tarkibi haqidagi ma’lumotlarni olish. Demak, bunda aholi bo‘yicha qandaydir belgilarni aniqlab olish mumkin. Bular aholi ro‘yxatini o‘tkazish davrida qayd etilgan bo‘ladi.

  1. Aholini ro‘yxatga olishning tarixini tushuntiring.

Аҳоли ҳисобини юритиш амалиёти илк бор милоддан аввалги уч минг йилликдан бошланган. Бу жараён дастлаб Осиё ва Африка давлатлари, Миср, Месопотамия, Ҳиндистон, Хитой ва Японияни қамраб олган. Аҳолини рўйхатга олишдан мақсад солиқ тўловчилар ва аскарликка яроқли аҳоли сонини аниқлаш бўлган. Шунинг учун ҳам, бу аҳоли рўйхатларида асосан эркаклар рўйхатга олинган. Чунки, у пайтларда эркакларнинг иқтисодий ўрни юқори бўлган, солиқ тўлашда фақат эркаклар, яъни оила бошлиқлари қатнашган. Аҳолини энг биринчи расмий рўйхатга олиш 1790 йилда АҚШда, кейинчалик 1800 йилда Швеция ва Финляндияда, 1801 йилда – Англия, Дания, Норвегия ва Францияда ўтказилган. Аммо, бу аҳоли рўйхатлари жуда оддий шаклда ҳамда узоқ муддатга чўзилган. XIX асрга келиб, аҳолини рўйхатга олиш жуда кенгайди. Қатор Европа мамлакатларида статистика ташкилотлари тузилди. Аҳолини рўйхатга олиш илмий дастурлар асосида олиб борилиши йўлга қўйилди.



  1. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to’g’risida” gi qonuni qachon qabul qilingan va mohiyatini tushuntiring?

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni 16.03.2020 yilda qabul qilingan. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan. Мазкур қонун 5 та боб ва 31 та моддадан иборат бўлиб, аҳолини рўйхатга олиш билан боғлиқ муносабатларни тартибга солади.
1-bob. Umumiy qoidalar. 11 ta moddadan iborat.
2-bob. Aholini ro’yxatga olishni tartibga solish. 7 ta moddadan iborat.
3-bob. Aholini ro’yxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari. 2 moddadan iborat.
4-bob. Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish. 6 moddadaan iborat.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar. 5 moddadan iborat.


  1. Download 71.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling