Aholi statistikasi reja


Download 38.28 Kb.
bet2/6
Sana28.02.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1235834
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aholi statistikasi

Doimiy aholi deganda aholi punkitida doimiy yashaydigan (6 oydan ko‘proq muddat yashaydigan) aholi soni tushuniladi. Demak, aholi ro‘yxatini olayotgan paytida, doimiy yashaydigan aholining ma’lum qismi, ushbu punktda vaqtinchalik yo‘q bo‘lishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida ushbu punktda ro‘yxatga olish paytida vaqtincha yashayotganlar ham bo‘lishi mumkin.
Mavjud aholiga (MA) ro‘yxatga olish paytida ushbu punktda vaqtincha yo‘q (VY) aholi sonini qo‘shib, bu punktda vaqtincha bo‘lganlar (VB) sonini chiqarib tashlasak, shu punktda doimiy yashaydigan (DYA) aholi sonini aniqlaymiz:
Statistika bo‘yicha aniqlangan, doimiy yashovchi va mavjud aholi sonlari xalq xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish istiqbollarini belgilashda, hamda aholi harakati sabablarini (ayniqsa vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha bo‘lganlar soni) o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Hududdagi doimiy aholi soniga qarab, ishlab chiqarish, xizmat ko‘ rsatish tarmoqlarini, o‘quv yurtlarini tashkil qilishni rejalashtirish mumkin. Mavjud aholi sonini, ularni oziq-ovqat va boshqa tovarlar bilan ta’minlashda, transport tarmoqlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Albatta aholi soni muhim ko‘rsatkich bo‘lib, boshqa juda ko‘p iqtisodiy – ijtimoiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda qo‘llaniladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, kasalxonalarning mavjudligi, har 1000 kishiga oliy, o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarning to‘g‘ri kelishi va hokazo. Lekin aholi soni ko‘pincha yil boshidagi sanaga yoki ma’lum davrlarga beriladi. Statistik ma’lumotlar ma’lum davrlarga hisoblangani uchun, aholining o‘rtacha soni asosida aniqlanadi. Aholining o‘rtacha soni ma’lumotlar qanday bo‘lishiga qarab, bir necha usullarda aniqlanishi mumkin.
I. Agarda faqat aholi sonining ikki davrga ma’lumotlari mavjud bo‘lsa, u holda aholining o‘rtacha soni oddiy arifmetik o‘rtacha formulasi bo‘yicha hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston aholisi 2016 yil boshiga 31575,3 ming kishi, 2017 yil boshiga esa 32120,5 ming kishini tashkil etgan. Demak, Respublika aholisining 2016 yilda o‘rtacha sonini topish uchun
ming kishi bo‘lgan.

II. Agar aholi soni har oy boshiga berilgan bo‘lsa, bunda aholining o‘rtacha sonini xronologik usul bilan aniqlanadi.

III. Agarda aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum davr mobaynida teng bo‘lmagan intervallarda ma’lum bo‘lsa, unda aholining o‘rtacha soni o‘rtacha tortilgan arifmetik tarzda hisoblanadi.


; bu yerda t vaqt oralig‘i.
Masalan: Aholi soni 2017 yil 1 yanvarga 120,0 ming kishi, 1 mayga 120,4 ming kishi, 1 avgustga 121,2 ming kishi va 2018 yil 1 yanvarga 123,0 ming kishi bo‘lsin. Bunday ma’lumotlar bilan aholining o‘rtacha soni qo‘yidagicha hisoblanadi:

= 120,2 ming kishi; davr muddati = 4 oy;
Shunday tarzda boshqa oylar bo‘yicha ham aniqlaymiz.



Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling