Aholi statistikasi reja
Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi
Download 38.28 Kb.
|
Aholi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – jadval PROMOTED CONTENT
3. Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi.
Aholining qayta takror ishlab chiqarilishi ya’ni avlodlarning almashuvi tug‘ilish va o‘lishga bog‘liqdir. Avlodlar almashuvi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, bularga turmush darajasi, tibbiy va ijtimoiy ta’minot, tabiat va ekologiya, xalqning an’analari va shu kabilar kiradi. Aholining tabiiy harakati tug‘ilish va o‘lishga bog‘liq. Shuning uchun statistika tug‘ilish va o‘lishni qayd qilib boradi. Bunda tug‘ilish koeffitsienti, bolalar o‘limi koeffitsienti, tabiiy o‘sish koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Tug‘ilish koeffitsienti (Tk) ushbu davrda tug‘ilganlar sonini 1000ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lish bilan topiladi. O‘lim koeffitsienti o‘lganlar sonini 1000 ko‘paytirib aholining o‘rtacha yillik soniga bo‘lib topiladi. Bolalar o‘limi koeffitsienti alohida hisoblanadi, bunda bir yoshgacha o‘lgan bolalar hisobga olinib, tug‘ilganlarga nisbatan hisoblanadi. Albatta o‘lim koeffitsienti aholining yoshi, jinsi, yashash hududlari, millati, oilaviy ahvoli kabi belgilari bo‘yicha har xildir. Shuning uchun ham statistika o‘lim sabablarini chuqur tahlil qilishda bu belgilar bo‘yicha xususiy o‘lim kreffitsiyentlarini ham aniqlaydi. Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti tabiiy o‘sish bo‘lgan aholi sonini (tug‘ilganlar sonidan – o‘lganlar sonining farqi) 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. Bu yerda: To’k – aholining tabiiy o‘sish koeefitsiyenti; t – shu davrda tug‘ilganlar soni; o‘ – shu davrda o‘lganlar soni. O‘zbekistonda tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy ko‘payishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan 3 – jadval
Download 38.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling