Celeb Couples With A Staggering Height Difference (19 Inches)
Brainberries
The Prettiest Girl In The World Is All Grown Up: Look At Her Now!
Herbeauty
A Guy Turns Gray Walls And Simple Bricks Into Works Of Art
Brainberries
Famous Bollywood Stars And Their Hollywood Crushes
Herbeauty
Yillar
|
Tug‘ilgan
lar soni ming
kishi
|
O‘lganlar soni ming
Kishi
|
Aholining tabiiy o‘sishi ming kishi
|
|
|
|
Aholining 1000 kishi hisobiga
|
|
|
|
Tug‘il
ganlar soni
|
O‘lgan
lar soni
|
Aholining tabiiy o‘sishi, kishi
|
|
|
|
|
1980
|
540,0
|
118,9
|
421,1
|
33,9
|
7,5
|
26,4
|
1990
|
691,6
|
124,5
|
567,1
|
33,7
|
6,1
|
27,6
|
2000
|
532,1
|
135,2
|
397,9
|
22,1
|
6,1
|
16,0
|
2005
|
538,0
|
139,0
|
399,0
|
20,5
|
5,3
|
15,2
|
2015
|
734141
|
152035
|
582106
|
23,6
|
4,9
|
18,7
|
2016
|
726200
|
154800
|
571400
|
22,8
|
4,9
|
17,9
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki tug’ulganlar mutloq soni va tabiiy o’sish soni ko’paymoqda, lekin promileda hisoblangan nisbiy miqdorda tabiiy o’sish koeffisenti 1980- yilgi 33,9 kishidan 2016-yil 22,8 kishigacha pasaygan.
Aholining hayotiyligi koeffitsienti tug‘ilganlar sonini shu davrda o‘lganlar soniga nisbati bilan topiladi. Bu ko‘rsatkich tug‘ilganlar o‘lganlardan necha baravar ko‘p degan savolga javob beradi.
Hayotiylik koeffitsientini tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lib ham topiladi; bunda natija 1 dan katta bo‘lsa.
(> 1 dan) aholida tabiiy o‘sish bo‘lgan, agarda
1 dan kichik bo‘lsa ( < 1 dan) aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublika aholisi tabiiy ravishda har yili 450-550 ming kishiga ko‘paymoqda.
Keyingi yillarda har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar ham, o‘lganlar soni ham kamayib bormoqda. Tug‘ilganlar sonining kamayishi qishloq aholisining kamayib borishi, ayollarning ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va boshqa omillarga bog‘liq. Mamlakatimizda o‘limning kamayishi esa, Respublikamizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, onalar sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarning natijasidir.
Aholining mexanik harakati migratsiya natijasida bo‘ladi. «Migratsiya» lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘chib yurish» ma’nosini anglatadi. Aholi mamlakat miqyosida ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borishi mumkin. Bunday aholining harakati ichki migratsiya hisoblanadi. Keyingi yillarda aholi juda zich joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan cho‘lni o‘zlashtirish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga ko‘chib kelishdi. Aholining ichki migratsiyasi mamlakat bo‘yicha aholi soniga ta’sir etmaydi, faqat ayrim hududlar uchun ta’siri bo‘ladi.
Aholining mamlakatdan boshqa joyga (chet elga) ko‘chib ketishi yoki chet eldan kelishi xalqaro migratsiya hisoblanadi. Bunda aholining mutloq mexanik o‘zgarishi ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar o‘rtasidagi farqga bog‘liqdir. Agarda mamlakatga ko‘chib kelganlar (kk), shu davrda ko‘chib ketganlardan (kt) ko‘p bo‘lsa, (kk>kt) mexanik o‘sish bo‘ladi. Agarda ketganlar (kt) soni, ko‘chib kelganlar (kk) dan ko‘p bo‘lsa, mutloq mexanik kamayishni aniqlashimiz mumkin. Aholi mexanik harakatining nisbiy quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kelganlar koeffitsienti (KK) boshqa joylardan ushbu aholi punkitiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
Ketganlar koeffitsienti (KTk) – ushbu aholi punkitidan boshqa joyga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib aholining o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
Aholining mexanik harakat koeffitsienti doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farqni 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lish bilan topiladi.
Agarda ko‘chib kelganlar soni ko‘chib ketganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda mexanik o‘sish koeffitsienti aniqlanadi.
bu yerda; Muk - aholining mexanik o‘sish koeffitsienti.
Agarda ko‘chib ketganlar soni, ko‘chib kelganlar sonidan ortiq bo‘lsa, unda mexanik kamayish koeffitsientini (MKk) aniqlash lozim.
Har bir hudud miqyosida aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi natijasida, aholi sonining istiqboli aniqlanadi. Hududlar xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish rejalarni belgilashda foydalaniladi.
O`zbekistonda hozircha turli sabablarga ko`ra ko`chib ketganlar soni ko`chib kelganlar sonidan ko`proq. 2015 yil ko`chib ketganlar soni 168579 ta bo`lgan bo`lsa, ko`chib kelganlar soni 139280 kishini tashkil etadi. Mustaqillik davrlarida O`zbekistonga ko`chib kelib, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlayotganlarga Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyev qarori bilan O`zbekiston fuqoraligi berilmoqda.
|