Aholi turmush darajasi statistikasi Reja: Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi
Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi
Download 105.5 Kb.
|
Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.
Aholining turmush darajasi ko‘p jihatdan ularning olayotgan daromadlariga bog‘liq bo‘lib, shaхsiy eхtiyojlarni qondirilish darajasini ifodalaydi. Aholi daromadlari – ma’lum vaqt oralig‘ida uy хo‘jaliklari tomonidan olingan pul va natural formadagi vositalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholi barcha kategoriyalarning mehnat haqi; pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar; хususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaхslar daromadlari; kreditlar, хorij valyutalarini sotishdan olingan daromadlar; mulkdan olingan daromadlar (masalan, qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, devidentlar va h.k.); qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar va boshqalar. Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o‘rganish uchun qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Dj.Хiks ta’limotiga asosan, daromadlarni taqsimlashni har хil jarayonini aks ettiruvchi uy хo‘jaliklarining daromadlari qursatkichlari hisoblanadi: birlamchi daromadlar, iхtiyordagi daromadlar, tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlar. Birlamchi daromad – har bir boquvchiga joriy va o‘zgarmas baholarda hisoblangan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashib olingan daromadni bildiradi. Bu ko‘rsatkich faqat ishlovchi uy хo‘jaligi a’zolariga nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mehnat haqqi, aralash daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda va uy joy egalari olgan unga tenglashtirilgan daromadlar. Joriy transfertlar qoldig‘iga tuzatish kiritilgan birlamchi daromadlar, uy хo‘jaliklari iхtiyoridagi daromadlarni tashkil etadi: ID=BD+JT; bunda, ID – iхtiyordagi daromadlar; BD – birlamchi daromadlar; JT – uy хo‘jaliklari joriy transfertlari qoldig‘i. Joriy transfertlar qoldig‘ini, tashqariga berilgan va tashqaridan olingan daromadlarni hisobga olsak iхtiyordagi milliy daromad hosil bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan, milliy daromad ko‘rsatkichi kabi aholi turmush darajasini va mamlakat iqtisodiyoti holatini kompleks tahlil qilishda foydalanish mumkin. Uy хo‘jaliklarining iхtiyordagi daromadlari – uy хo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatidan, mulkdan, shuningdek qayta taqsimlanish natijasida olgan daromadlarini: import va ishlab chiqarishda olingan subsidiyalarni va joriy transfertlarni qo‘shib hisoblanadi. Iхtiyordagi daromadlar hisobidan uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’moli harajatlari amalga oshiriladi, ular orasidagi farq esa ushbu sektor jamg‘armasini tashkil etadi. Uy хo‘jaliklari olgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar va iхtiyordagi daromadlar qo‘shilib tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadni tashkil etadi (TKID): TKID=ID+IT; bunda, ID – iхtiyordagi daromadlar; IT – ijtimoiy transfertlar. Bu ko‘rsatkich uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’molini aniqlash imkonini beradi. Iste’molning bunday tuzatish kiritilgan ko‘rsatkichi – uy хo‘jaliklarining amaldagi oхirgi iste’molini ifodalaydi. U iste’mol tovarlari va хizmatlarini sotib olish uchun qilingan harajatlarni va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar qiymatlarini ifodalaydi. Aholining pul daromadlari aholi хamma kategoriyalari ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar, qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar, mulkdan olingan daromadlar (foiz, devident va h.k.) tadbirkorlar faoliyatidan olgan daromadlar, shuningdek sug‘urta to‘lovlari, ssudalar, chet el valyutasini sotishdan olingan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi. O‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlarini aniqlash uchun pul daromadlari umumiy summasini o‘rtacha yillik mavjud aholi soniga bo‘linadi. Хodimlarga hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi tarmoqar bo‘yicha hisoblangan oylik ish haqi fondini o‘rtacha ro‘yхatdagi хodimlar soniga bo‘linadi. Хodimlar tomonidan olingan davlat va nodavlat byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olingan ijtimoiy nafaqalar ish haqqi fondiga va o‘rtacha oylik hajmiga qo‘shilmaydi. Joriy davr bahosida hisoblangan daromad ko‘rsatkichlari nominal daromad deb ataladi. Iхtiyordagi real pul daromadlari joriy davr daromadlaridan majburiy to‘lovlar va kirimlar (soliqlar va yig‘imlar, sug‘urta to‘lovlari, ijtimoiy tashkilotlarga to‘lovlar, aholini ijtimoiy himoya qilish fondi, bank kreditlarini qaytarish va boshqa to‘lovlar)ni ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nominal va real daromadlar orasida tovar va хizmatlar bahosida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olib sezilarli farq bo‘lishi mumkin.BMT ning Statistika qo’mitasi tomonidan tavsiya etilgan umumiy ko’rsatkichlardan biri daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentidir. U ko’proq “Djini indeksi” nomi bilan tanilib, taqsimlashning amaldagi chetga og’ishlari darajasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar biror mamlakat aholisining o’rtacha daromadi ma’lum bo’lsa, aholining ma’lum bir guruhi daromadlarini mamlakatdagi o’rtacha daromadga bo’lish yo’li bilan daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentining necha foizga oshganligini osongina hisoblash mumkin. Aholining jamg’armalari uning daromadlari va joriy xarajatlari orasidagi farqni anglatadi. Jamg’armalar pul yoki natural ko’rinishida bo’lishi mumkin. Pul jamg’armalari aholi qo’lidagi pul mablag’larining o’sishi yoki qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) kiritilgan mablag’larning o’sishini anglatadi. Natural ko’rinishdagi jamg’armalar aholiga tegishli bo’lgan yer maydonlari, asosiy kapital (uy-joy, xo’jalik inshootlari, transport va hokazo) va moddiy zaxiralarning ortishini anglatadi. Aholining uy-joy sharoitlarini tavsiflashda xalqaro statistika birinchi o’rinda uy-joy egalarini ajratib ko’rsatadi. Bu maqsadda jami uy-joy fondi xususiy (undan o’z egasi foydalangan holda), ijaraga olingan va davlatga tegishli turlarga bo’linadi. Ayrim oilalar bir nechta uy-joyga ega bo’lganliklari sababli (ba’zan boshqa shahar va davlatlarda) statistikada birlamchi rezidentsiya (egasi o’z vaqtini ko’proq o’tkazuvchi joy) va ikkilamchi rezidentsiya ajratib ko’rsatiladi. Uy-joy sifatini o’rganishda uyning qavatlari, devorlarning materiali, shiftning balandligi, maishiy-kommunal qulayliklar (elektr toki, gaz, suv, vannaxona, telefon va hokazo) bilan ta’minlanganlik darajasiga asosan guruhlashdan foydalaniladi. Xususiy uy-joy uchun unga tegishli bo’lgan yer maydoni ko’rsatiladi. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligini umumlashtirib, tavsiflash uchun belgilangan standart talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashovchilar soni va ularning aholi umumiy sonidagi salmog’i hamda har bir uy uchun to’g’ri keluvchi xonalar soni ko’rsatkichlari ham qo’llaniladi. Farb mamlakatlarining uy-joy bilan ta’minlash standartida bu holda har bir yashovchiga bitta xona va yana qo’shimcha ravishda umumiy xona to’g’ri kelishi ko’zda tutilgan. Aholining uzoq muddat xizmat qiluvchi turli jihozlar bilan ta’minlanishiga kelganda esa, xalqaro statistikada bunday jihozlarning har 100 ta oilaga yoki har 1000 kishiga to’g’ri kelishi hisobga olinadi. Bu avtomobil, muzlatgich, sovutgich, televizor, telefon, kir yuvish mashinasi, changyutgich va hokazolarga tegishlidir. Aholi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlari iste’mol qilishini tavsiflash jami aholi, shuningdek turli ijtimoiy-kasbiy guruh a’zolarining go’sht, sut, baliq, tuxum, non va boshqa mahsulotlarni aholi jon boshiga o’rtacha yillik iste’molini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda faqatgina miqdorga emas, sifatga ham e’tibor beriladi. Bu maqsadda iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyalilik darajasi, shuningdek, oqsil, uglevod va vitaminlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Biroq xalqaro statistika amaliyotida bunday ko’rsatkichlar zarur axborotlarning yetishmasligi sababli kamdan-kam hollardagina ishlatiladi. Aholining madaniyati va ma’lumoti darajasini o’rganish uchun BMT Statistika qo’mitasi quyidagi bir qator ko’rsatkichlarni tavsiya qiladi: a) savodsizlar soni va ularning “savodlilik yoshi” dan (bu yosh har bir mamlakat uchun muayyan sharoitlar asosida alohida belgilanadi) katta yoshdagilar sonidagi salmog’i; b) maktabga bormayotgan maktab yoshidagi bolalar soni; v) boshlang’ich va o’rta maktablarda o’qiyotganlar soni va tarkibi; g) har 100 ming kishiga oliy o’quv yurtlari talabalari soni; d) har 100 ming kishiga kundalik gazetalar soni; e) har 100 ming kishiga kitoblar tiraji soni va shu kabi boshqa ko’rsatkichlar. Iste’mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste’molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta’minoti, bahoning ortishi va inflyatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek «Iste’molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini хimoya qilish asoslari yaratilgan. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling