g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini
to‘lash;
palliativ yordam ko‘rsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar va
dasturlarni
moliyalashtirish,
shuningdek, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan
shaxslarni
reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini
yaxshilash va ularga xizmat
ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari, “Imkon”
reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar,
imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar
maktablari loyihalari va
qo‘llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/82/0327-son)