Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 108.35 Kb. Pdf ko'rish
|
PF-82-сон 01.06.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha
Bolalar masalalari bo‘yicha
milliy komissiya Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza va himoya qilish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish 14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligining psixologik yordam bo‘limining faoliyatini muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar va ofatlarning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish 15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish va takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari dasturi T/r Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Mas’ul ijrochilar 1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 1. Ijtimoiy himoya milliy agentligini yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash; 2023-yil iyun-iyul Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan Agentlik tizimiga o‘tkazish hamda nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmati sifatida uning faoliyatini isloh qilish; 3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, pansionatlar, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazish; 2023-yil iyun 4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga o‘tkazilgan muassasalar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 2023-yil iyun — avgust 5. Ijtimoiy inspeksiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 2023-yil avgust- sentyabr 6. Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish va Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish; 2023-yil iyun 7. Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish vazifalari Agentlikka o‘tishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish; 2023-yil iyul 8. Tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish; 9. Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil qilish; 10. Rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb chiqish hamda ular bilan shartnomalar tuzish; 2024-yilda 11. O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro konferensiya o‘tkazish. 2. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish 1. Oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish kvotalarini va o‘quv dasturlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqish; 2023-yil iyun-iyul Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslar va treninglarni tashkil etish; 2023-yil iyul 3. “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishgan holda Oliy majlis qonunchilik palatasiga kiritish; 2023-yil noyabr 4. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini ishlab chiqish; 2023-yil dekabr 5. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo‘lgan oila a’zolariga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; 6. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish; 7. Ijtimoiy ishchining kasbiy standartlarini qayta ko‘rib chiqish; 2023-yil avgust 8. Ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish. 3. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish tizimini takomillashtirish. 1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qabul qilish bo‘yicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari faoliyatini tashkil qilish; 2023-yil oktyabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyani tashkil etish, qabul mezonlari va tartibini qayta ko‘rib chiqish; 3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab- internatlar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini inventarizatsiya qilish, ularning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, optimallashtirish va takomillashtirish. 2023-yil dekabr — 2024-yil iyun 4. Ijtimoiy sohani to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish; 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash va ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzish va amaliyotga joriy etish; 3. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni barcha davlat organlarining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash; 4. Ijtimoiy sohani to‘liq raqamlashtirish orqali har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlarini joriy etish. 2023-yil iyun — dekabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 5. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora- tadbirlarni belgilash 1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan “Mehribonlik” uylarini, Sog‘liqni saqlash vazirligidan go‘daklar uylarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga o‘tkazish; 2024-yil yanvar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2. Vasiylik va homiylik tizimi muassasalari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 2024-yil mart 3. Vasiylikning muqobil shakllarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; 4. Fa�zand asrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; 2024-yil iyul — dekabr 5. Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 6. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish 1. “Ijtimoiy taksi” xizmati faoliyatini tashkil etish; 2024-yil mart Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2. 107 qisqa raqamli tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ishonch telefonini ishga tushirish; 2024-yil sentyabr 3. “Ijtimoiy karta”larni joriy qilish. 7. Aholiga ijtimoiy sohada xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish 1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish; 2025-yil yanvar — mart Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga o‘tkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish; 3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish; 2025-yil mart — iyul 4. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi qatlamini qayta ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish; 5. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga 4-ILOVA Download 108.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling