Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘G‘risida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘larining
Download 108.35 Kb. Pdf ko'rish
|
PF-82-сон 01.06.2023
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘larining
xarajatlari yo‘nalishlari a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab: “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish; aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash; protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘quv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini sotib olish xarajatlarini qisman qoplash; nogironlarni ish bilan ta’minlovchi korxonalarni subsidiyalash; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish joylarini tashkil etish xarajatlarini qoplash; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish; Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari va xizmatlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda o‘quv materiallari va boshqalarni xarid qilish; Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish bilan bog‘liq boshqa tadbirlar; 107 qisqa raqamli tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmatni tashkil etish va takomillashtirish; “Ijtimoiy karta”larni joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish; xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish chora-tadbirlari; joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish; nogironligi bo‘lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga “Ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish; ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini moliyalashtirish; nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish; kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash; bir martalik yordam pullari to‘lash; Download 108.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling