Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 108.35 Kb. Pdf ko'rish
|
PF-82-сон 01.06.2023
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalarini to‘lash; nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni to‘lash; bola tug‘ilishi uchun beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni to‘lash; dafn marosimi xarajatlarini qoplash; yetim va chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash; Mehribonlik uylari va bolalar uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish; voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini moliyalashtirish; “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga yordam ko‘rsatish; yetim va chin yetimlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlar xarajatlarini qoplash; yetim va chin yetim bolalarning sog‘ligini saqlash, salomatligini tiklash, ularni hayotga tayyorlash, ta’lim berish, kasb-hunarga yo‘naltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish; jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish; qarovsiz va boshpanasiz qolgan bolalar, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalar, jinoyat qurbonlari va guvohlari, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish; voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari va respublika ta’lim muassasalarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish; oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish; v) 2024-yil 1-iyuldan boshlab: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlariga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ovqatlantirish xarajatlarini qoplash; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini qoplash; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-kechak, o‘quv qurollari, darsliklar, ish yuritish materiallari bilan ta’minlash; ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish; uy-joyga muhtoj, ota-onasidan yoki ulardan biridan mahrum bo‘lgan voyaga yetgan qizlar, shuningdek yolg‘iz ona, yolg‘iz ota yoki o‘zgalar qaramog‘ida bo‘lgan chin yetimlarni uy-joy bilan ta’minlash; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar to‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yuridik yordam va davlat bojini to‘lash xarajatlarini qoplash; OIV infeksiyasi va boshqa hayot uchun xavfli va surunkali noyob (orfan) kasalliklar bilan kasallangan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish; “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam puli to‘lash; og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar berish, ularning kuz-qish mavsumida kommunal to‘lovlari va isitish yoqilg‘isini xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning o‘qish va davolanish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning jamoat transportidan foydalanish xarajatlarini qoplash. Download 108.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling