Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati
-rasm-Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini klassifikatsiyasi
Download 348.5 Kb.
|
Gulzoda Moliya mms 66
2-rasm-Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini klassifikatsiyasi2
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag Marini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat moliyasi tarkibidagi davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti va korxonalar moliyasi ajratib ko‘rsatiladi. Davlat byudjeti davlat moliyasining eng yirik bo‘g‘ini boiib, unda soliq tushumlarining asosiy qismi jamlanadi va bu tizim orqali davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlarini moliya bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Ushbu tuzilmaga kiruvchi davlatning maqsadli jamg‘armalari ko‘p mamlakatlar amaliyotida ulaming asosiy vazifasi ijtimoiy vazifalami (mehnatga yaroqsizlami ta’minlash, ishsizlarga yordam ko‘rsatish, hayotiy muhim xarajatlar yo‘nalishlarini moliya bilan ta’minlash) hal etishdan iborat. Davlatning ijtimoiy siyosati deganda aholining hayot kechirish darajasini shakllantirish, inson kapitalini qayta yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy infratuzilmalami barpo etish, ulaming bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida davlat tomonidan olib borilayotgan ichki siyosat yohialishi nazarda tutiladi. Fuqarolaming asosiy insoniy huquqlari davlat ijtimoiy siyosati orqali ro‘yobga chiqariladi. Bunda davlat turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, moliyalashtirish normalarini belgilash, ijtimoiy-iqtisodiy andozalar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilish kabi vositalardan keng foydalanadi. Respublikamizda ijtimoiy muammolami hal etish uchun davlat tomonidan kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. Ijtimoiy siyosatning ahamiyati shundaki, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra ishlab, daromad topish imkoniyatiga ega boimagan qatlamlari ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali qamrab olinadi. Masalan, mamlakatda kuchli va samarali pensiya tizimining shakllantirilishi vujudga kelishi mumkin boigan ijtimoiy muammolami bartaraf qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda mustaqillik qaror topganidan keyingi yillarda fuqarolami ijtimoiy himoyalash, ulaming jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga yo‘naItirilgan muayyan ishlaming huquqiy poydevori barpo etiladi. “ Har kim qariganda, mehnatga yaroqsiz boiib qolganida, shuningdek, boquvchisidan judo boiganida hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olishga haqli” , degan qoidaga muvofiq qonunlarimizda fuqarolarimizni hilma-hil shakldagi ijtimoiy himoyalash kafolatlab qo‘yildi. “Hozirgi kunda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga byudjetdan tashqari manbalardan mablag‘laming jalb etilishi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati tufayli kelib chiqmagan, balki u umumjahon tajribalariga asoslanadi. Shu munosabat bilan davlat bozor talablari asosida, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish jarayonida mazkur sohaga resurslar qo‘yish mas’uliyatini o‘z zimmasida saqlagan holda, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda sheriklikka intiladi”3. Moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya tizimi sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash va bosh yo‘nalishga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat. Respublikamizda aholining har qanday qatlamini turli shakldagi ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda, davlatning ijtimoiy siyosat olib borishida hamda ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda doimo muayyan miqdordagi pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish taqozo etiladi. Aholini ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi himoyaga bevosita muhtoj fuqarolar toifasigagina emas, balki iqtisodiyotni eng yuqori darajada rivojlantirish, jamiyatning mehnatga yaroqli har bir a’zosining mehnatini rag‘batlantirish , u ishlab pul topishni istaydigan va topa oladigan sharoit yaratishga ham moijallangan. Ya’ni, barcha islohotlaming-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlaming asl maqsadi-insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Bu vazifalaming ijobiy hal etilishi aynan davlat maqsadli jamg‘armalari rivojiga va taraqqiyotiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatiga ko‘ra aholining mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, aniq sabablarga ко‘ra mehnat faoliyati yurita olmaydigan, belgilangan miqdordan каш daromad oladigan fuqarolami qo‘llab-quwatlashga oid chora-tadbirlarning yaxlit tizimi yaratildi, bu esa eng muhim ehtiyojlami ta’minlashda ijtimoiy yordam yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjeti tarkibidagi maqsadli ijtimoiy jamg‘armalarga 0‘zbekiston Respublikasining Pensiya jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi kiradi. Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir. Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning xozirgi kunda respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlami moliyalashtirish va ziddiyatlami hal qilishda hamda iqtisodiy muammolami bartaraf etishda Pensiya jamg‘armasi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko‘zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy muhofazasi va uni qo‘llab-quwatlash, inson huquqlari va erkinliklarining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta’minotining moliyaviy muammolari esa ko‘p jihatdan Respublikamizning Pensiya fondi taraqqiyotiga bog‘liq. Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir. O‘zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo‘yilar ekan, bunda davlatning maqsadli jamg‘armalaridan Pensiya fondining hozirgi faoliyati holatini hamda istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishimiz talab etiladi. Pensiya tizimining asosiy vazifasi inson ehtiyojini hamda uning keksalik chog‘ida himoyalanishga bo‘lgan talabini qondirishdir degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ish haqi jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan ijtimoiy himoyasizlikning alohida turi, ya’ni ish haqidan mahrum boMish tufayli moddiy ta’minlanmaganlik xavfi vujudga keladi. Bu ijtimoiy xavf-xatar ommaviy bo‘ladi, asosan ijtimoiy shart- sharoitlar bilan belgilanadigan va alohida kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy xarakter kasb etadi. Pensiya ta’minoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi: • fuqarolami keksayganda qashshoqlikdan himoyalash; • mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘-lanadigan ish haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miq-dordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash; • kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini yaxshilashdan iborat. Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar toiiq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘plashga yo‘naltiriladigan mablagiardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 444-sonli «0‘zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq, 2001 yil lyanvardan 0‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi 0‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. Byudjetdan tashqari pensiya fondining daromadlari va xarajatlari har yili jamlangan byudjetning tarkibiga kiritildi. 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Coliq qo‘mitasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi 0‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1-maydagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida aholining ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi” davlat jamg‘armasi ko‘rsatilgan. 0‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholining bandlik davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlami moliyalashtirish uchun tashkil qilingan. Bu jamg‘armani tashkil etish zaruriyati, mamlakatimizda ishsizlaming yuzaga kelishi bilan izohlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qoilab-quwatlashga ko‘maklashadi. 0‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda shahar (tuman) Bandlikka ko‘maklashish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatishida mablag‘ bilan ta’minlash uchun 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan. O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida ham, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalashtirish dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlaming boy tajribasiga asoslangan. Ammo bu tajribalami ko‘pchiligi 0‘zbekistonning ijtimoiy siyosatining chora-tadbirlariga mos holda takomillashtirilmoqda. Ish bilan bandlikning to‘rt jihatini hisobga olish kerak boMadi: •ish bilan bandlik insonning konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi - mehnat huquqi bilan mustahkam bogMiqligidir; •ish bilan bandlik hozirgi kunda mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ulaming oilalarini turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir; • har kimning va jamiyat farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatni shakllantirilishidir; •Mehnat faoliyati insonni o‘zgartirishi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib berishi va ko‘paytirishi hamda shaxsning rivojlanishini rag‘batlantirilishidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlami amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga, ulaming kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling