Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati


Download 348.5 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi348.5 Kb.
#1571062
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulzoda Moliya mms 66

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
- birinchi bosqichda, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi. Bunda, ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining uning mehnat staji va ish haqidan kelib chiqib belgilangan miqdorining qolgan qismini to‘lash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi;
- ikkinchi bosqichda, 2024 yildan boshlab xo‘jalik korxonalarida rasmiy ishlovchi ayollarga umumiy ish staji va sug‘urtalangan staji hamda o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash va bu orqali ushbu xarajatlar ish beruvchi zimmasidan to‘liq olinadi;
- uchinchi bosqichda, 2025-2030 yillarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, ishsiz qolish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi sug‘urta to‘lovlari amalga oshiriladi.
Kuchli ijtimoiy himoya O'zbekistonning milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ajralmas qismidir.
O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shma dasturi doirasida onlayn davra suhbati o'tkazildi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi hukumati va BMT tomonidan 2019 yil noyabr` oyida imzolangan dasturiy xujjat doirasida tashkil etildi. Ushbu dastur BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari jamg'armasi hisobidan amalga oshiriladi.Qo'shma dastur O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, xususan e'tibordan chetda qolish xatari ostidagilar uchun butun hayoti davomida kafolatlangan daromad va ijtimoiy yordamni ta'minlovchi sifatli ijtimoiy himoya tizimini barpo etish va ta'minlashda Hukumatni qo'llab-quvvatlaydi.
Kuchli ijtimoiy himoya O'zbekistonning milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ajralmas qismidir. 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida ko'rsatib o'tilganidek, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish milliy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, majburiy ijtimoiy kafolatlar berilishini, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishni, ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashni va aholiga xizmat ko'rsatishda ijtimoiy ta'minot sohasida davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasini ishlab chiqish 2020 yilga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturiga kiritilgan.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo'yicha barcha harakatlarni umumlashtirish muhimligi qayd etildi.
Ishchanlik ruhida o'tgan mazkur onlayn yig'ilishda kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo'yicha qizg'in muhokama qilindi va ushbu loyiha doirasida ishlarni davom ettirish va yanada kuchaytirish hamda kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar qabul qilindi.
O‘zbekiton prezidenti «2021−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi.
Hujjat bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Hujjat loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan edi va muhokamaga o‘tgan yil kuzda qo‘yilgan edi.
Hujjatga muvofiq, Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi.
Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:

  • asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga ko‘maklashish;

  • kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;

  • keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash.

Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi.
Konsepsiya bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun ariza beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonlarini tezlashtirish rejalashtirilgan. Bu kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish maqsadida amalga oshiriladi, deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi. Aholiga ko‘rsatiladigan jtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi.
Farmoyishga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organ belgilanadi.
Chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibi joriy etiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli joriy etiladi.
2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.
2030 yilda Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 1,5 foizga yetkaziladi.
2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining yetakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi qatnashdi.
Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni to‘liq, foydali va munosib ish bilan ta’minlashga erishishga yordam berishi kutilmoqda.



Download 348.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling