Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishda budjetdan tashqari fondlar faoliyatini takomillashtirish muammolari
Download 348.5 Kb.
|
Gulzoda Moliya mms 66
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishda budjetdan tashqari fondlar faoliyatini takomillashtirish muammolari.
Davlat maqsadli fondlari faoliyatini samarali tashkil etish muammolarini o'rganishda biz, pensiya jamg'armasi faoliyatini tashkil etishning zamonaviy masalalari bo'yicha hozirgi kunda jamg'armani daromadliligini oshirish ya'ni udan oqilona foydalanish masalalari xukumatimiz uchun dolzarb hamda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish choralari olib borilmoqda. O'zgarishga boy iqtisodiy sharoitlar ko'pincha boshqaruv qarorlarini tez jalb qilish zarurligini belgilab qo'yadi, shu qatorda moliyaviy resuslarni qayta taqsimlanishida hamdir. Budjet mablag'laridan foydalanish hukumat organlari qonun asosida qa'tiy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari jamg'armalar esa ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan tashqari jamg'armalar esa qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilmaydi. Bu ham budjetdan tashqari jamg'armalarni iqtisodiy sharoitiga moslashishni tezlatadi. Budjetdan tashqari jamg'armalarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlovchi yana bir muhum omil - bu budjet tangligidir. Xarajatlarning daromaddan o'sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag'larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Mana shunday sharoitda ma'lum tarmoq va sohalarni rivojlantirishda budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarni roli kattadir. Iqtisodiyotni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiy jamg'armalarning roli alohida ahamiyatga molikdir. Budjetdan iqtisodiy sohaga pul ajratishdan asosiy maqsad, davlatning bu sohaga aralashuvini ta'minlab turishdir. Davlatni iqtisodiyotga aralashishi esa iqtisodiyotni o'sishida muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda bizning respublikamizda bu juda muhimdir. Iqtisodiy sohaga ajratilgan budjet mablag'lari ichida markazlashgan investitsiyani moliyalashtirish xarajatlari muhim rol o'ynaydi va katta salmoqni egallaydi. Bu turdagi xarajatlarni sraflashdan iqtisodiy o'sish talab hajmiga va ichki bozorni shakllantirishga ta'sir o'tkazish kabi maqsadlar ko'zda tutiladi. AQSh sobiq moliya vaziri U.Sayman fikricha davlatni iqtisodiy o'sishiga iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy omillardan hech biri markazlashgan investitsiyachalik ta'sir ko'rsata olmaydi. Markazlashgan investitsiyani moliyalashtirish asosiy kapitalning kengayishi va yangilanishi, kapital yig'imiga ta'sir o'tkazish kabi o'z xususiyatlari mavjud. Bundan tashqari iqisodiy inqiroz davrida ko'pgina hozirgi rivojlangan mamlakatlar o'z mablag'larini shunday sohalarga safarbar etganlarki, natijada bu sohalar butun bir iqtisodni ko'tarilishiga ta'sir qiladi. Bunday sohalarga ilmiy izlanish sohalari va texnologik murakkab tuzilishga, boshqarishga asoslangan sohalar kiradiki, ularga avvalombor oldindan katta miqdorda xarajatlar qilishga to'g'ri keladi. Albatta bunday ishlarga davlatdan boshqa sub'ektlar mablag'lar ajratilmaydi. Davlat korxonalarining salmog'i yuqori bo'lgan davlatlarda (B. Britaniya, Frantsiya, Italiya, Avstriya) budjet mablag'larining ko'pgina qismi davlat korxonalariga sarflanadi. Bunday korxonalarga metallurgiya va issiqlik energiya sohalari, transport, aloqa, atom energiyasini kiritish mumkin. Bu sohalar boshqa sohalarning rivojlanishi uchun zarur hisoblanadi. Budjetdan iqtisodiy sohani moliyalashtirish inqiroz davrida keng tus oladi. Ko'pchilik davlatlarda davlat tomonidan moliyalash budjetning 20-25 foizini tashkil qiladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining asosiy yo'nalishlaridan biri ilmiy- texnikaviy rivojlanishga ko'maklashuvidir. Bu sohaning rivojlanishi ko'pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam beradi. Bu sohaning rivojlanishi iqtisodiyotda muhim o'zgarishlarga olib keladi, yangi sohalarning paydo bo'lishini, iqtisodiy samaradorlikni o'sishini, sohalararo bandlikning to'g'ri taqsimlanishini, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish o'rtasidagi munosabatning kuchayishini ta'minlaydi. Iqtisodiy sohani rivojlantirish uchun qilinadigan xarajatlar ichida ishlab chiqarish va ijtimoiy soha infratuzilmalarini moliyalashtirish ham salmoqli o'ringa ega. Bunday soha, korxona, ob'ektlar moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy madaniy turmush darajasini oshirishda ko'maklashadila. Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasiga barcha turdagi transport tashkilotlari va transportsozlik sohalari (avtoyo'llar, portlar, aerodromlar), aloqa tizimi (telefon, telegraf), elektr, gaz, suv inshootlari va boshqalar kiradi. Ijtimoiy infratuzilmaga meditsina va o'quv muassasalari, sport va madaniy tadbirlar kiradi. Rivojlangan mamlakatlarda infratuzilmaga eng ko'p mablag' ajratadigan davlatlar qatoriga AQSh, Germaniya, Yaponiya kiradi. AQShda yo'l qurilishi uchun budjetdan sezilarli darajada ajratmalar qilinadi. Yuqorida keltirilgan xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo'lsada, alohida olingan davlatda ushbu xarajatlar moliyalashtirish davlat siyosatidan kelib chiqadi. Masalan, Frantsiya hukumati kichik va o'rta biznesda faoliyat yurituvchi korxonalarga budjetdan bevosita mablag' ajaratadi. Ko'pchilik davlatlarda esa ushbu maqsadda davlat kreditidan foydalaniladi. Kreditlar davlat budjetidan davlat korxonalari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, hamda xususiy sektorga beriladi. Budjetdan beriladigan kredit uzoq muddatli xarakterga ega bo'lib, bank kreditiga nisbatan imtiyozlilik darajasi yuqori bo'ladi. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan B.Britaniyada ham budjet xarajatlari tarkibida xalq xo'jaligi sohalarining mahsulotlarini eksport qilishni ko'paytirish va uni rag'batlantirishga qaratilgan xarajat turlari mavjud. Iqtisodiy xarajatlardan yana biri ekologik muammolarni, atrof muhit va tabiat resurslarini saqlash uchun qilinayotgan xarajatlardir. Bu turdagi xarajatlarni budjetdan moliyalashtirishda AQSh oldingi o'rinlarda turadi. Iqtisodiy xarajatlarning muhim ko'rinishlaridan biri subsidiyalar hisoblanadi. Subsidiyalar davlat yordamiga muxtoj bo'lgan alohida xo'jalik va tarmoqlarga beriladi. Agarda davlatning davlat korxonalari, infratuzilma, ilmiy izlanishlarga qilgan xarajatlari iqtisodiyotga bilvosita ta'sir o'tkazza, subsidiyalar to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkazadi. Subsidiyalar turli xil ko'rinishda bo'ladi: dotatsiyalar (zararni qoplash uchun), eksportni sug'urtalash, mukofotlar, narxlarning muvozanatini ushlab turish xarajatlari va h.k. Iqtisodiy soha xarajatlariga davlat budjetidan mahalliy hokimiyatlarga beriladigan subsidiyalarni ham qo'shish mumkin. Bunday subsidiyalar rivojlangan mamlakatlarda mahalliy budjet daromadlarinin 20-25 foizini tashkil qiladi. Bu turdagi yordamni ajratish bo'yicha B.Britaniya, AQSh, Frantsiya davlatlari oldingi o'rinlarda turadi.6 Hozirgi kunda respublikamizda Yagona ijtimoiy to'lov: Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi - 24,8 Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi - 0,1 Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi - 0,1 miqdorda ajratmalar to'laydilar. Ushbu ajratmalar alohida hisobot shakllari sifatida soliq organlariga taqdim etiladi. Fermer xo'jaliklarining salmog'i 50 % ortiq bo'lgan tuman inspektsiyalarida bu juda katta vaqt sarfini yuzaga keltiradi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida quyidagilarni taklif qilaman: Yuqorida keltirilgan mahsulot (ish-xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan olinadigan ajratmalarni (jamini qo'shgan holda) yagona realizatsiya ajratmalari sifatida qayta tashkil etish va yagona hisobot shaklida joriy etish maqsadga muvofiqdir. Viloyatlardagi tuman va shaharlardagi aholi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida Respublika Pensiya jamg'armasiga ajratiladigan summalarni viloyat Davlat soliq boshqarmasining ma'lumotlariga asoslangan holda ma'lum bir ulushini ushbu maqsadga yo'naltirgan holda mahalliy budjetga yo'naltirish. Ushbu amaliyot chet davlatlar soliq tizimida mavjuddir. Misol sifatida Germaniya soliq tizimida ayrim soliq turlaridan tushgan summalar davlat va federativ budjetlarga yo'naltiriladi. Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashning butun jarayoniga xizmat qiladi. Yalpi milliy mahsulotning qoplash fondiga hamda jamiyat miqyosida milliy daromad shaklida namoyon bo'ladigan sof mahsulotga ajratilishi korxonalarning moliyaviy vositasida amalga oshiriladi. Umuman olganda yuqoridagi fikr mulohalarimiz Pensiya jamg'armasi daromadlarini oshirishning yagona manbalari hisoblanadi. Ular mamlakatimiz aholisini ijtimoiy muhofaza qilishda davlatning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki nafaqa tizimini takomillashtirishning eng samarali tizimi jamarishga asoslangan nafaqa tizimini shakillantirishdir. Lekin, bizning fikrimizcha bu tizim solidar javobgarlik mavjud bo'lgan nafaqa tizimi o'rnini bosishi kerak emas. Jamg'arishga asoslangan nafaqa tizimini qo'shimcha, davlatga aholining yashash sharoitiri yaxshilash va davlat nafaqa tizimi oldidagi majburiyatlarni bajarishda yordam beradigan tizim sifatida ko'rish lozim. Masalan, jamg'arishga asoslangan nafaqa tizimi imtiyozlarni bekor qilish o'rnini qoplashi mumkin. Bundan tashqari jamg'arishga asoslangan nafaqa jamg'armalari davlat iqtisodiyoti uchun juda samarali investitsiya manbalaridir. Buni juda ko'p davlatlar tajribasi asosida ko'rish mumkin. Bu erda, Jahon banki mutaxassislarining fikricha, iqtisodiyotning rivoji uchunketayotgan moliyaviy mablag'larning asosiy qismi aynan jamg'arishga asoslangan nafaqa jamg'armalari tomonidan taminlanadi. Jamg'arish asoslangan nafaqa jamg'armalarini tashkil etish, ishtirok etish butunlay ixtiyoriy bo'lgan nodavlat nafaqa jamg'armalari tarmog'ini yaratish orqali amalga oshirilishi lozim. Albatta, bunday jamg'armalarni tashkil etish qoydalarini ta'minlovchi va faoliyat jarayonini boshqarib turuvchi qonunlar talab qilinadi. Ularning invetitsion faoliyati esa maxsus boshqaruvchi kompaniyalar orqali amalga oshirilishi kerak. Bu esa mablag' qo'yishning samaradorligini va uning saqlanishi kafolatini taminlovchi asosiy shart hisoblanadi. Bunday tizimni bosqichma - bosqich yaratish kerak. Ayni holda, bosqichma-bosqich deyilganda quyidagi chchoralarning ketma-ket amalga oshirilishi tushuniladi: 1)nafaqa jamg'armalarining himoyasini taminlab beruvchi va nodavlat nafaqa tizimi ishtirokchilari munosabatlariniboshqarib turuvchi qonunlar va normativ aktlar qabul qilish: 2) davlat nafaqa tizimiga majburiy to'lov tariflarini pasaytirish va soliqqa tortish mexanizmini mukammallashtirish hisobiga ish beruvchilarni nodavlat nafaqatizimida ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratib berish: 3) yirik korxonalar ishchilari uchun nodavlat nafaqa jamg'armalarini shakllantirish. Davlat ushbu tizimlarni yaratish bo'yicha tashabbuskor va ular faoliyatining qonuniyligini ta'minlovchi kafil bo'lishi kerak. Hamma gap shundaki, jamg'arishga asoslangan nafaqa jamg'armalarida juda ko'p moliyaviy mablag'lar yig'iladi va davlat tomonidan belgilanadigan “o'yin qoidalari” moliyaviy piramidalar paydo bo'lishini oldini olishi va ular faoliyatining aniq qonunlarga asoslanganligini belgilashi, hamda mablag' qo'yishdagi xavf-xatarlarning minimalligini ta'minlab berish lozim. Nodavlat pensiya jamg'armasi o'z mulki va aktivlari bilan barcha ishtirokchilar oldida ma'suliyatini va javobgarligini bo'yniga oluvchi mustaqil yuridik shaxs bo'lishi lozim. Davlat bunday pensiya jamg'armalari qarzlari bo'yicha majburiyatlarini o'z bo'yniga olmasligi kerak. O'z o'rnida, pensiya jamg'armasi ham davlat majburiyatlari uchun javobgar emas. Pensiya jamg'armasi tomonidan beriladigan nafaqalar miqdori pentsionerning quygan mablag'i miqdori va bu mablag'larni investitsiyalash evaziga olingan daromad miqdori bilan o'zviy bog'liq bo'lishi lozim. XULOSA Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishda budjetdan tashqari fondlar faoliyatini takomillashtirish masalalari deb nomlangan ushbu bob bo'yicha xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlat maqsadli fondlarining amal qilish va taraqqiyoti yuzasidan ilg'or xorij tajribalarini hamda Davlat maqsadli fondlari faoliyatini samarali tashkil etish muammolarini ko'rib chiqdik. Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asosan kambag'allik va aholi o'rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi. Keng ma'noda “ijtimoiy siyosat” deganda shaxsning hayot faoliyatini shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish bo'yicha ko'rilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi. U o'z navbatida shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to'liq namoyon qilishini rag'batlantiradi. Budjetdan iqtisodiy sohaga pul ajratishdan asosiy maqsad, davlatning bu sohaga aralashuvini ta'minlab turishdir. Davlatni iqtisodiyotga aralashishi esa iqtisodiyotni o'sishida muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda bizning respublikamizda bu juda muhimdir. Jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, avvalo, inson turishi kerakligi ta’kidlanadi. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni - odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish va manzilli yordamlarni kuchaytirishga quyidagilar hisobiga erishish rejalashtirilgan: - amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, bosqichma- bosqich ayrim professional guruhlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni kamaytirish va shutting hisobiga ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish; - joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablagMarni ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish; - o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa toMovlari toMashni tashkil qilish bilan shugtitllanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish; - aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablagtiar, jumladan xayriya tashkilotlari va homiylarning mablagdarini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy toiovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi; - ayrim nafaqa toiovlari va imtiyozlami tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘lami muhtoj oilalarga manzilli nafaqa toMovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish. O‘zbekiston hukumati o‘z zimmasiga mamlakatimizda kam ta’minlangan toifa miqdoriiti kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada rivojlanishiga kotinaklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida ma’lum bir majburiyatlami o‘z zimmasiga olgan. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali ko‘maklashishga hozirligini izhor etadi. Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish ma’naviyatli jamiyat mavjud bo‘lishining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Mazkur muammoni o‘rganish insonning munosib va ijtimoiy maqbul sifatga ega bo‘lgan turmush kechirishini ta’minlaydigan qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-psihologik tizim ijtimoiy himoyani aniqlash imkonini beradi. Insonni ijtimoiy himoya qilishning asosiy institutlari-davlat, kasab uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalaridir. Aytni vaqtda ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy kafolatlarga asoslanadi. Bu kafolatlar qonunlarda qayt etilgan. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling