Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining roli va ahamiyati
Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari fondlar faoliyatining nazariy huquqiy asoslari
Download 348.5 Kb.
|
Gulzoda Moliya mms 66
2. Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari fondlar faoliyatining nazariy huquqiy asoslari
Byudjetdan tashqari fondlar umumiy davlat moliyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamizda ayni paytda ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi, nafaqa fondi kabi byudjetdan tashqari maxsus ijtimoiy jamgarmalar mavjud. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida 20 tadan ortiq ishlab chiqarish bilan bog‘liq byudjetdan tashqari fondlar va jamg‘armalar mavjud. Byudjetdan tashqari fondlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ijtimoiy muhofaza tadbirlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga muhim omil bo`ladi. Byudjetdan tashqari fondlar - bu operativ mustaqillik asosida davlat tomonidan ayrim turdagi ijtimoiy ehtiyojlami moliyalashtirish va moliyaviy resurslardan foydalanish formasidir. Bajaradigan vazifalariga muvofiq byudjetdan tashqari fondlar iqtisodiy va ijtimoiy boshqarish darajasiga qarab davlat hamda mintaqaviy fondlarga bo`linadi. Byudjetdan tashqari fondlar yordamida, korxonalar ishlab chiqarish jarayoniga moliyalashtirish, subsediyalash, kreditlash orqali ta’sir etish maxsus yo‘naltirilgan manbalar va jarimalar orqali tabiatni muhofaza etish tadbirlarini belgilash va moliyalashtirish kabi chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Byudjetdan tashqari fondlaming faoliyatini tashkil etish-davlat hokimiyat organlari - respublika va mahalliy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ulami shakllantirish va ulardan foydalanish tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi. Byudjetdan tashqari fondlami shakllantirish ulaming bajarilayotgan vazifalariga va faoliyat xarakteriga bogiiq boiadi. Manbalar va ulaming miqdorlari muayyan davrdagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari fondlami markaziy davlat hokimiyat organlari, shuningdek mahalliy organlar ham tashkil etishlari mumkin. Markazlashgan tartibdagi byudjetdan tashqari fondlar hududlaridagi byudjetdan tashqari fondlarga ma’lum miqdordagi toMovlami amalga oshirish orqali tashkil etiladi. Mana shu asosda Nafaqa fondi, Bandlik fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Yoi fondlari tashkil etilgan. Hududlar miqyosida esa o‘zining mahalliy manbalari hisobiga byudjetdan tashqari fondlari tashkil etilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini qisqacha qilib quyidagi chizmada ko‘rsatib o‘tamiz. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling