Aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlik muammolari reja: 1 Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati
Download 49.9 Kb.
|
AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH VA ISHSIZLIK MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchunchi shart
- To’rtinchi shart
- Bu-ishsizlik darajasi
Birinchi shart-fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’li shva maldagi qonun hujjatlariga binoan, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi shart-fuqaro ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo’lmasligi lozim. Agar fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi. Binobarin, nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividentlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblagan fonzlar ish haqi (mehnat daromadi) ga kirmaydi. Xudi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar esa mazkur qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs, deb e’tirof etilmaydilar. Uchunchi shart - fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib, rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat roganlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. To’rtinchi shart - fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqDim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim. So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Italiyada esa ular soni ancha ko’pchilikni tashkil qiladi. Yevropadan tashqarida ishsizlikning barqaror past darajasi Yaponiyada saqlanib turibdi. G’arb mamlakatlarida keyingi o’n yilliklar davomidagi ishsizlikning yuqori darajasi quyidagicha izohlanadi: 1.Sanoat tarmoqlarida xalqaro raqobatning kuchayishi. 1947 yili jahon sanoatining 60% i AQSH hissasiga to’g’ri keladi.bungun bu ko’rsatkich 15% ga yaqin soni tashkil qiladi. 2.Butun jahon iqtisodiy inqirozi, bunga sabab (yoki turtki) 1973 yildagi neft krizisi bo’ldi. U bugungi kungacha o’tib ketgani yo’q. 3.Sanoatda mikroelektronikaning qo’lanilishi o’sib, ishchi kuchlariga bo’lgan ehtiyojning qisqarishiga olib keldi. 4.Ishlashni hohlovchi ayollarning soni ortib borishi cheklangan miqdordagi ish joylariga talabgor kishilar miqdorining ko’payib ketishiga olib kelmoqda. Demak, ishsizlikning sababi mehnatga bo’lgan bozor talabining o’zgarib turishidir. Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi. Texnika taraqqiyoti, mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida mehnatga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish bilan izohlanadi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. Normal darajadagi ishsizlik iqtisodiyot uchun tabiiy hol, chunki iqtisodiyot uchun mehnat zahirasi kerak. Xom ashyo, yoqilg’i, har xil materiallar zahirasi qanchalik kerak bo’lsa, mehnat zahirasi ham shunchalik zarur-uni ishsizlar tashkil etadi. Mehnatga talab oshgan qondiriladi. Yangi yerlar o’zlashtirilganda ularga kerak yumushchilar ishsizlar safidan olinadi va hokazo. Chunonchi, ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 1.Friktsion ishsizlik vaqtincha ishsizlar bo’lib, ish joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, Yangi ishga o’tguncha ishsizlik yuzberadi. 2.Tarkibiy ishsizlik ishlab chiqarish tarkibi o’zgargan chog’da vujudga keladi. Bunday yangi sohalar rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, eski sohalarda ishlab kelganlar, eski sohalarda ishlab kelganlar yangi sohaga kerak kasb o’zlashtira olmaydilar, kasb o’zgarishi mobaynida ishsiz qoladilar. 3.Mavsumiy ishsizlik mavsumiy ishda band bo’lganlarning mavsum tugagach ishsiz qolishi. Bu ishsizlik qishloq xo’jaligi, qurilish va kurort sohalariga xos. 4.Yashirin ishsizlik rasman ish bilan band bo’lganlarning faqat qisman ishlashi, ya’ni to’liq ishlamay turishi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki qisqa ish haftasiga o’tganlar, ish yo’qligidan haq berilmaydigan ta’tilga chiqqanlar kiradi. 5.Umumiy ishsizlik tovarlar va xizmatlarning bozori kasod bo’lishi natijasida ularning ishlab qisqarib ketishi Bilan paydo bo’ladi. Bu ishsizlik, odamda iqtisodiy tanglik sharoitida yuz beradi. Ishsizlikning ham o’z o’lchovi bor. Bu-ishsizlik darajasi deb ataladi. Ishsizlik darajasi ishga layoqatdli kishilarning qanday qismi ishsiz qolganini bildiradi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bunda -ishsizlik darajasi ishsizlar soni, -mehnatga layoqatli aholi soni. Masalan, mamlakatda ishga yaroqli faol aholi 12 million kishi bo’lgani holda, ulardan 0,6 million kishi ishsiz. Shuni hisobga olsak: Demak, ishsizlik darajasi 5 foiz bo’lgan. Binobarin, ishsizlik oqibatlarini bir yo’nalishda baholab bo’lmaydi. Uning ham salbiy, ham ijobiy tomonlari bor. (3-jadval). Download 49.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling