Aholini muhofaza qilishda jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish


Download 134.32 Kb.
bet19/34
Sana11.10.2023
Hajmi134.32 Kb.
#1698041
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
AHOLINI MUHOFAZA QILISHDA JAMOA VA SHAXSIY MUHOFAZA VOSITALARIDAN FOYDALANISH.

Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro muhofazasi rejasining mazmuni
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini barvaqt amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lgandagi zarar va talafotlarni kamaytirshp maqsadida hokimliklar va ob’ektlarning hatti-harakat rejalari, shuningdek FVDTning hamma darajalarida tizimlari rejalari ishlab chiqiladi.
Reja tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida ishlab chiqiladi. Favqulodda vaziyatlar aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha xarakat qilish rejasini mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi,
O‘zbekiston Resiublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirlign tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muqofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasidr quyidagi huquqlarga ega:
- fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
- aholini, moddiy va ma’naviy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilish.
Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalar qo‘llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi. Fuqaro tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini hamda favqulodda vaziyatlar bo‘lish xavfi qanchalik realligini hisobga olib tadbirlar oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Reja tuzishdagi ish hajmi shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi:
- birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi, ularning tayyorligi aniqlanadi, bor ma’lumotlar, hujjatlar o‘rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, taqvimiy reja ishlab chiqiladi;
- ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi;
- uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi va yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo‘lsa reja tuzatib to‘g‘rilanadi va tasdikdanadi;
- to‘rtinchi bosqichda rejalashtirilgan tadbirlar reja tasdiqdangandan keyin tegishli ijrochilarga etkaziladi.
Rejalar ishlab chiqishni bevosita tashkil etish tegishli fuqaro muhofazasi boshlig‘iga yuklatiladi. Rejalarni ishlab chiqishga fuqaro muhofazasining shtatli xodimldri, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, evakuatsiya komissiyasi, fuqaro muhofazasi xizmatlari va bo‘limlari, iqtisodiyot ob’ektlarining bosh mutaxassislari jalb qilinadi,
Rejani ishlab chiqishga jalb etiladigan mansabdor shaxslar fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “Boshgidromet” boshqarmasi boshqa tegishli idoralar Favqulodda vaziyatlar vazirligini hududlar, ob’ektlardagi tabiiy, ekologik, epidemiologik, epizootik, geologik va texnogen vaziyat hamda ularning yaqin davrda va istiqbolda o‘zgarish ehtimollari to‘g‘risidagi axborot bilan muntazam ravishda, favqulodda vaziyatlarda esa darhol ta’minlashlari lozim. Evakuatsiya tadbirlarini rejalashtirishda transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi sonini aniq bilish, zarur transport vositalari soni, odamlarni transportda (piyoda) olib chiqish tartibi, qimmatbaho uskunalar, oziq-ovqatni olib chiqish tartibi va muddatlari hisoblab qo‘yilishi kerak, korxona faoliyatini barqarorligini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqotlar asosida va iqtisodiyot rejalarini hisobga olib rejalashtiriladi. Muhandislik, tibbiy va boshqa turdagi ta’minotni rejalashtirishda ishlar hajmi, tadbirlari, bajarilish tartibi har qaysi tur ta’minotning asosiy vazifalariga qarab belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, bo‘limlari reja ijrosini ta’minlashlari uchun tegishli hujjatlarni oldindan iqtisodiyot organlari bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjatlar, dastlabki ma’lumotnoma materiallari rejaga ilova qilinmaydi, bevosita ijrochilarning ish papkalarida saqlanadi.
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini, nizomlar-qoidalar va yo‘riqnomalarni kelishib olish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etio‘lari lozim. Tuzilgan rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq yilning ikkinchi choragi davomida tuzatishlar kiritiladi. Reja ikki nusxada tuziladi. Nusxalardan biri ob’ektning boshqaruv punklarida ikkinchisi yuqori tashkilotda saqlanadi.
Reja hujjatlari mazmunli, aniq hamda yuqori saviyada ishlab chiqilishi kerak. Rejalashtirishda taqlidchilikka, yuzaki va asossiz yondoshishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi aniq tadbirlar rejalashtiriladi:
-boshqarish, xabarlash va aloqani tashkil etish;
-razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
-FVDT guruhlarini tashkil etish;
-odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
-moddiy va moliyaviy ta’minotning hamma turlarini tashkil etish;
-favqulodda vaziyatlarning oldini olishni va ularni tugatishni tashkil etish.
Rejaga qo‘yiladigan talablar



Talablar

Mazmuni

To‘liq ishlab chiqilishi

Reja muvaffaqiyatli bajarilishini va bosh vazifasi - aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilishni hal etilishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va bajaruvchilari ko‘rsatiladi.

Bayoni qisqa va mazmunli bo‘lishi

Reja bo‘limlarning bayoni ulardan foydalanish oson bo‘lsin uchun qisqa bo‘lishi lozim. SHuning uchun rejaning mazmunli bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab chiqilgan grafik yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun sxema va xaritada inshootlar, ish turlari va hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar jadvallar, sxemalar, suratli sharhlar tushuntirish xatlari tarzida beriladi.

Vaqt qat’iy hisobga olinishi

Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgai har bir tadbir sifatli va to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak.

Reallik va
aniqlik

Rejaning aniq va real bulishi uning bajarilishini zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit ma’lumotlar sinchiklab urganiladi: bulishi mumkin bulgan vayronalik, uyulma, talafotlar turi, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi, okibatlari yuqotilishi uchun kerakli fuqaro muhofazasi kuch va vositalariga bulgan talab hisoblab chikiladi. Ob’ektiv aniqlikka baho berish va tadbirning bajarilish vaqtini belgilash fuqaro muhofazasidan taktik uquv - mashqlarida. Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladi.



Tinchlik davri rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining favqulodda vaziyatlarni tugatish to‘g‘risidagi qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi).
2. FVDT xududiy quyi tazimining favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va u sodir bo‘lgandagi asosiy tadbirlarining kalendar rejasi.
Z. FVDT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilgandagi tadbirlarini bajarishga jalb qilinadigan kuch va vositalarining hisobi (har bir tadbir haqidagi umumiy ma’lumotlar).
4. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish (sxemasi).
Rejalarning xususiyatlari
Korxona fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori ob’ektning tinchlik davriga mo‘ljallangan harakat rejasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib ketganda yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan kimyoviy sharoitdan chiqariladigan xulosalarni beradi va quyidagilarni belgilaydi:
-Ob’ekt xodimlarini va korxona yaqinidagi aholini muhofaza qilishga oid asosiy vazifalar;
-muhofaza tadbirlarini o‘tkazish qaroridan maqsad;
-jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo‘lish muddatlari;
-hamkorlikni tashkil etish hamda kuchlar va boshqaruv organlari hatti-harakatlarini ta’minlash asoslari.
Rejani fuqaro muhofazasi boshlig‘ining o‘rinbosari ishlab chiqadi. Ayrim masalalarni hal etish uchun xabar berish va aloqa xizmatining, tibbiy, radiatsiyaga va kimyoviy moddalarga qarshi muhofaza, jamoat tartibini saqlash, yong‘indan saqlash xizmatlarining, moddiy-texnik ta’minoti, avariya, texnik va boshqa xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi.

Download 134.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling