Aholini muhofaza qilishda jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish
Download 134.32 Kb.
|
AHOLINI MUHOFAZA QILISHDA JAMOA VA SHAXSIY MUHOFAZA VOSITALARIDAN FOYDALANISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari.
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirish deganda nimani tushunasiz. Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablarga nimalar kiradi. Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish deganda nimani tushunasiz. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarga misollar keltiring. Kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga misollar keltiring. 4-MAVZU. AHOLINI FVDT KUCHLARINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TADBIRLARINI REJALASHTIRISH. FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI TUG‘ILGANIDA VA SODIR BO‘LGANIDA AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH. REJA: 1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash 2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash 3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish. 4. Aholini ma`naviy tayyorlash. 5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik tayyorlashi. Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ma`naviy tayyorlash, favqulodda vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash, milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik. O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 1994y.9 apreldagi kengaytirilgan majlisida shunday dedi, jumladan. ”O`zbekiston davlati har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qiladi.” Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila olish holatida bo`lishi, ularni haqiqiy mehnatlari evaziga ortirgan boyliklari va ularni uy joylari baxtsiz hodisa qurbonlari bo`lishini oldini olishi shart. Bu vazifani hal etishda fuqaro muhofazasi katta rol o`ynaydi. FM harbiy qismlari zararlanish o`choqlarida, baxtsiz hodisalarda, yirik avariya va halokatlarda o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari harbiy qismlarni shaxsiy tarkibini manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarliklariga bog`liq. Manaviy –siyosiy tayyorgarlik deb shaxsiy tarkibga va aholiga milliy istiqlol g`oyalarini manaviy yangilanish intizomini yuqori ahloqiy prinsiplarini shakllanishiga aytiladi. FM Psixologik tayyorgarlik ostida shaxsiy tarkibning psixologik barqarorligini, ya`ni odamlarda harbiy vazifalarni bajarish qobiliyati, dushmanning kimyoviy yadroviy va biologik hujumida hamda KTEZM o`choqlarida faol va bilimli harakat qilish eng og`ir sinovlarni turli jismoniy va manaviy og`irliklarni muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, chidamlilikni, jasurlik va jasoratni ko`rsatish kabi hususiyatlarni shakllanishi tushuniladi.Manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarlik o`zaro chambarchas bog`liq va yagona ob`yekti– odam hisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonini aniqlovchi omil bo`lib odamlarni siyosiy chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi: chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik; O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik; Siyosiy onglilik; Ma`naviy siyosiy va psixologik fazilatlar odamni butun hayoti jarayonida oila, maktab, mehnat jamoalari, yoshlar birlashmalari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar ta`siri ostida shakllanadi. Fuqaro muhofazasi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va aholini ma`naviy –psixologik tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari. Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy va psixologik fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul va metodlarini qo`llashni talab qiladi. Harbiy qismlar aholini mamlakat mudofasini tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda hodisalarda harakatlanishga ma`naviy siyosiy va psixologik tayyorlash bo`yicha g`oyaviy tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish bilan bir qatorda, uni metod, shakl va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda muhim. Tarbiyalash metodlari F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va psixologik fazilatlarni tarbiyalash metodlarini asosiylaridan biri bo`lib, qat`iy ishonch hisoblanadi. Prizdentimiz Islom Karimov o`z chiqishlarida respublika F.M.ni takomillashi va mudofa kuchini mustahkamlanishi haqida bayon etgan g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari va irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. Tarbiya shakllari: Ma`naviy- siyosiy va psixologik tayorgarlikni amalga oshirishga yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2 guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga shunday ish shakllari kiradiki, bunda harbiy qism shaxsiy tarkibi tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini maktablarda, litsiy, kollej va oliy o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli shakllaridir. – sinfiy guruhli mashg`lotlar; –qo`mondonlik; –shtab mashqlari; –taktik – maxsus mashqlar; –guruhli mashqlar; – shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar; – FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari; Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi –ma`ruzalar va amaliyotlar; –nazariy konferensiyalar va seminarlar; –savol va javob kechalari; –siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar; –FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari; Shuningdek muzeylar, yodgorliklarni tashkil qilish bilan ham, (masalan, jangavor muzey, jangavor burchak, xotira maydoni, tarixiy yodgorliklar) xalq orasida milliy g`urur, ajdodimiz an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan iboratdir. Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini tashkillashtirish va uning vazifalari. Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo`jaligi ob`ektlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish; Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish; Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofa qudratini hisobga olgan holda fuqaro muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish; Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, tuman xalq xo`jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va ishtimoiy rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish. Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat: Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish; Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari; Himoya inshoatlarini saqlash; Evakuatsiya omillarini o`tkazish (fuqarolarni havfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish); Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. Fuqoralarni favqulotda vaziyat haqida ogohlantirish Favqulotda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishni har tomonlama omillarida alohida o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi. Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bundafuqarolarni ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya`ni bu belgilar Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo`jaligiga ko`rsatadigan ta`sir hususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi. Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi: Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o`zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioktiv chang tushishidan saqlashlari, o`zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi. b) Xavfli kimyo zavodida avariya: v) Yer silkinishi ehtimolida: Yer silkinganda inshoatlarda bo`lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yo`riqnomalariga e`tiborni qarating. Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar (KTZM) ta`sirini kamatirishga mo`ljallangan komleks omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi: a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash; b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish; v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish; g) Radioktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig`ish, saqlash, taqsimlash); d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar-qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish va boshqa omillar). Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash. Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash- RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni o`tkazishdan maqsad: fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash; ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari; evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi; jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish; radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi. Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo`limlari amalga oshiradi (ya`ni radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka bo`limlari ). Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozitermik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. 3.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib: 1.Aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini, jamoa va yakka tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish; 2.Boshqaruvning barcha pog‘onalardagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash; 3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarida avariya- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tayyorlash, ularda boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi belgilangan. Download 134.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling