Aholini muhofaza qilishda jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish
Download 134.32 Kb.
|
AHOLINI MUHOFAZA QILISHDA JAMOA VA SHAXSIY MUHOFAZA VOSITALARIDAN FOYDALANISH.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari 40 va 80 soatlik dasturlar asosida tayyorgarlikdan o‘tadilar. Ularni har uch yilda bir marta tayyorgarlikdan o‘tkazib turish ko‘zda tutilgan.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilingan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda o‘rganish, keyinchalik o‘quv mashqlarda va mashg‘ulotlarda olingan bilimlar va malakalarini mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiradi. Bu guruhga kiruvchilarni beshta guruhchalarga ajratish mumkin: maktabgacha tarbiya muassalari tarbiyalanuvchilari; umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari; akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari; oliy o‘quv yurtlar talabalari; korxona, tashkilot, muassasalar ishchi va xizmatchilari. 1.Maktabgacha tarbiya muassasalari. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bog‘cha yoshdagi bolalarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yo‘lga qo‘yilmagan. Bu muassalarda bolalarga xavfsizlikning oddiy elementlarini o‘rgatib borish muhim hisoblanadi. 2.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha darslar olib borilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga asosan o‘rta umumta’lim maktablarining 1-9 sinflarida “Inson xavfsizligi asoslari” kursi joriy etilgan. Kursni o‘qitishda asosiy e’tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uyda, ko‘chada, jamoat joylarida bajarilishi kerak bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatishga qaratilgan. 3. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari. Akademik litseylar, iqtisoslashgan kollejlarning o‘quvchilariga ta’lim berish maqsadida tashkiliy ko‘rsatmalarga asosan “Fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari” kursi ishlatilishi lozim. Hozirgi kunda talabalar tayyorgarligi 2001 yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan “CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash” fani dasturi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Dasturda fuqaro muhofazasi darslariga 35 soat vaqt ajratilgan. 4. Oliy o‘quv yurtlari. Universitetlar, institutlar va boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berish ishlari “Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar” fani asosida olib borish ko‘zda tutilgan. Ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlarda boshqarish, hatti-harakatlar masalalariga hamda aholini va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini o‘rgatishga katta ahamiyat berilgan. 5. Iqtisodiyot ob’ektlari rahbarlari hamda mutaxassislarini tayyorlash, ularga ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2000 yili tasdiqlangan 40 va 80 soatlik dasturlar asosida Fuqaro muhofazasi institutida olib boriladi. Rahbar xodimlarga ta’lim berishdan asosiy maqsad aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tashkil etishning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishdir. Rahbar xodimlarni, tuzilma rahbarlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning avariya-qutqaruv otryadlari tarkibidagi xizmatchilarini, harbiylashtirilgan hamda doimiy tayyor maxsus tuzilmalarning xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga qarashli hududiy rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida hamda o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda olib boriladi. Ta’lim berish jarayonida rahbarlarning fuqaro muhofazasidan o‘z funksional vazifalarini o‘zlashtirib olishlariga, xavfli sharoitda muhitni tahlil qilish va baho berish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududda xizmat lavozimidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini berishga asosiy e’tibor beriladi. Tashkilotlar, korxonalar va ob’ektlarning rahbarlari joriy tayyorgarligi ish joylarida fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan o‘quv yili uchun 15 soat hajmida tashkil etiladi. Tayyorgarlikdan o‘tayotgan rahbar xodimlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik qilish bilimlarini egallashlariga ahamiyat beriladi. Tuzilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilot xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari ish joyining o‘zida 15 soat hajmida, hamma uchun umumiy bo‘lgan mavzularni (10 soat) o‘rganish sharti bilan olib boriladi. Bu tuzilmalar tarkibiga ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ko‘nikmalarini amaliyotga yaqinlashtirilgan holda olib borish yo‘l-yo‘riqlariga alohida e’tibor beriladi. Ishchilar, xizmatchilar, iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda (15 soat), maxsus tayyorlangan rahbarlar boshchiligida o‘quv guruhlarida hamda mavzularni mustaqil o‘rganish va o‘rgangan mavzularni amaliy mashg‘ulotlar, ob’ekt miqyosidagi mashqlar va kompleks o‘quv mashqlari davomida mustahkamlash orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholiga ta’lim berish ma’ruzalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish, o‘quv filmlarini namoyish qilish, mustaqil ravishda qo‘llanma va eslatmalarni o‘rgatish, radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar o‘rdamida olib boriladi. Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarning turlari va ko‘lami haqida ma’lumot berishga, yashash sharoitidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar haqida ko‘nikmalar berishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan sharoitda hatti-harakat yo‘llarini o‘rgatishga, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, tabiiy ofatlar, falokatlarga oilaviy tayyorgarlik mas’uliyatlarini singdirib boishga qaratilgan. Fuqaro muhofazasidan ta’lim o‘quv mashqlari o‘tkazish bilan birgalikda olib boriladi. Har bir toifadagi aholiga “Diqqat, barchaga!” signali orqali hududning geografik xususiyatidan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatlarga o‘rgatish bilan o‘quv yili tugatiladi. Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari. Ofatlarga tayyorgarlikni ta’minlashning 7 yo‘nalishi ajratiladi: 1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi. 2. Rejalashtirish – tayyorgarlikni ta’minlash ishlarining bo‘linmas qismi. Rejaning aniq bir shakli bo‘lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, favqulodda vaziyatgacha bo‘lgan, u ro‘y berganda va undan so‘nggi harakatlarning aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi ta’minlanadi. 3. Tashkiliy tizim –kuchlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. Ulardan tayyorgarlikni ta’minlashda foydalanish mumkin. 4. Axborot tizimi –favqulodda vaziyatgacha, u ro‘y bergandan so‘ng zaiflik darajasini belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot manbai, ehtiyoj, vaqti va tartibini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. 5. Asosiy resurslar –bu yo‘nalish moddiy va moliyaviy resurslarni shakllantirish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda yordam ko‘rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini ko‘zda tutadi. 6. Ogohlantirish tizimi – muqobil aloqa vositalari ta’minotiga ega mustahkam ishlovchi ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish. 7. Javob qaytaruvchi mexanizmlar – ularda tayyorgarlikni ta’minlashdagi barcha kamchiliklar ko‘zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Aholi tayyorgarligini amalga oshirishda o‘qitish usullaridan bahs-munozara, o‘quv darsliklari bilan mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, mantiqiy masalalarni mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin. Bahs-munozara usuli- o‘qituvchi yoki tinglovchilarning fikrlashni talab qiluvchi savollari bo‘yicha tinglovchi o‘z fikrlarini bayon qiladilar va o‘zgalar fikrini eshitadilar. Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish – vaziyat bir oz tor tarzda bayon qilinadi. Bunday vaziyatlarni qo‘llash ko‘proq ma’ruzalar davomida qo‘llanib, o‘quv jarayoniga muammoli o‘qitish elementlarini kiritish imkoniyatini beradi. Tinglovchilardan ko‘proq diqqat-e’tiborini shu vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa chiqarishlarini talab qiladi. Ish o‘yinlari- qandaydir ma’noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U deyarli barcha vaziyatlarni “o‘ynash” va odamlar ruhiyatini tushinish, ularning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish imkonini beradi. Ish o‘yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: -auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash; -vaziyatni, yo‘riqnoma va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish; -o‘yin jarayonini olib borish; -o‘yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish. “Miyaga hujum” usuli – muammoni shakllantirish, mashq jarayoni, “miyaga hujum”- qo‘yilgan muammoni engish, eng yaxshi g‘oyalarni tanlab olish va natijalar to‘g‘risida xabar berish jarayonini o‘z ichiga oladi. Fuqaro muhofazasi boshqaruv organlarini, kuchlarini, FVDT mansabdor shaxslarini tayyorlash muvaffaqiyatli hal etilishi hamda barcha pog‘onadagi fuqaro muhofazasi boshliqlari uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat qilishlariga, shuningdek qo‘l ostidagilarga yordam berishlariga, o‘quv-moddiy bazasining mavjudligiga, uning yaratilishiga, yaroqli holda turishiga, hamda muttasil takomillashtirib borilishiga bog‘lik bo‘ladi. Download 134.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling