Aholining daromadlari va ularning tarkibiy tuzilishi tahlili Mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 0.79 Mb.
|
Aholining daromadlari va ularning tarkibiy tuzilishi tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi daromadlari
Kurs ishining obyekti: Aholi daromadlari va uning taqsimlanishi.
Kurs ishining predmeti: O’zbekiston Respublikasining aholi daromadlari. Kurs ishining tuzilishi: kirish, 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar. Kurs ishining maqsadi: O’zbekiston respublika aholi daromadlarining o’sishini tahlil qilish. 1. Aholi daromadlari va uning tarkibiy tuzilishi Aholi daromadlari – barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatilad. Daromad bu juda keng tarqalgan, keng qo'llaniladigan va shu bilan birga turli ma'nolarda ishlatiladigan tushunchadir. Keng ma'noda, bu har qanday pul tushumini yoki pul qiymati bo'lgan moddiy aktivlarning tushishini anglatadi. Aholining iste'moli darajasi daromad darajasiga bevosita bog'liq. Korxonaning daromadi uning aktivlarining ko'payishi yoki kapitalning o'sishiga olib keladigan majburiyatlarning kamayishi sifatida tavsiflanishi mumkin. "Daromad" tushunchasi umuman davlatga, korxona, firma, jismoniy shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig'ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Yu.P.Kokin ta‘kidlashicha ―jami daromad aholining moddiy ta‘minlanishining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, pul daromadlarining barcha turlarini, shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan va shaxsiy iste‘molga qo‘llanilgan natural tushumlar qiymatini o‘z ichiga oladi‖. Aholi daromadlarini ularning tarkibiga turli xo‘jalik subyektlari va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlarni qo‘shmasdan ko‘rib chiqish tadqiqot doiralarini toraytiradi, chunki aholining past daromadli guruhlari daromadlarini takror ishlab chiqarishda ularning roli muhimdir. Daromadlarning mohiyati ularning vazifalarida to‘liq aks etadi. Aholi daromadlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: qayta tiklovchi, maqomiy, rag‘batlantiruvchi, to‘lov qobiliyatini shakllantiruvchi va farovonlikni oshiruvchi. Qayta tiklash vazifasi. Bu vazifa aholining takror barpo bo‘lish jarayonidagi qator daromadlarning rolini ko‘rsatadi. Dastlab aholi daromadlari tarkibida ushbu vazifaning bajarilishidagi asosiy rolni ish haqi o‘ynagan, lekin bozorga o‘tish sharoitlarida uning aholi daromadlari tarkibidagi ulushi keskin pasaydi va endi ish haqi bilan bir qatorda odamlarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlarning . ulushi ortmoqda, ya‘ni aynan daromadlarning barcha turlari aholining mo‘tadil turmush darajasini ta‘minlashning asosiy manbai bo‘lib qoladi Maqomiy vazifasi. Individning jamiyatdagi o‘rni va asosiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi uning daromadi bilan belgilanadi. P.Samuelson yozishicha, inson haqida uning daromadiga ko‘ra hukm chiqaradilar, ya‘ni individ daromadi asosida uning bilimi, yoshi va hatto umrining davom etish muddati haqida namunaviy tasavvurni tuzish mumkin. O‘z daromadlarini jamiyatning boshqa a‘zolari daromadlari bilan taqqoslab, inson o‘zining jamiyat ijtimoiy tarkibidagi o‘rnini belgilaydiki, bu unga boshqalarga nisbatan o‘z maqomini yaxshilash uchun asos beradi. Daromadlar odamlarning ijtimoiy ahvollarini nafaqat mamlakat ichida qiyoslashda belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, balki ular turmush darajasini mamlakatlararo solishtirishda ham qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi vazifasi. Ushbu vazifa odamlarning faoliyat jarayonida qobiliyatlarini yaxshilashni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar iqtisodiy manfaat egalari (xodimlar, sarmoya, yer va aqliy mahsulot mulkdorlari), shuningdek, boshqa sohalarda band bo‘lgan insonlar uchun moddiy rag‘bat sifatida maydonga chiqadi. Odamlar ko‘nikmalarining sifat o‘zgarishlari faoliyatning istalgan turida daromadlarning ko‘payishiga olib keladi va shunga yarasha ularning turmush darajasini oshiradi. Shuning uchun daromad olish mehnatning oxirgi natijalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va insonlarni o‘z daromadlarini oshirishda asos bilan ta‘minlashi kerak. Farovonlikni oshirish vazifasi. Aholi daromadlari insonlarning eng muhim ehtiyojlarini qondirish asosi bo‘lib, bu ehtiyojlar oqibat natijada jamiyat farovonligi darajasini belgilaydi. Farovonlik iqtisodiy kategoriya sifatida aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi va jamiyat a‘zolari daromadlariga bog‘liq bo‘ladi hamda ular alohida individda qanchalik yuqori bo‘lsa, uning farovonligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Daromadlar nafaqat moddiy ehtiyojlarni qondirish uchun qo‘llaniladi, balki ular inson hayotiy faoliyatining sifat xususiyatlarini yaxshilash asosidir, ya‘ni bilim darajasini oshirish uchun, sog‘liqni yaxshilash uchun, dam olish vaqti, jamiyatdagi ekologik vaziyat sifatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Shunday ekan, daromadlar aholi farovonligini oshirish va ularning moddiy xususiyatlarining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Aholining pul daromadlariga xodimlarning ish haqi, ish haqi, nafaqa, stipendiya, turli imtiyozlar, foizlar ko'rinishidagi mulk daromadlari, dividendlar, annuitetlar, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumlar, mahsulotlar, boshqalarga ko'rsatiladigan turli xizmatlardan olinadigan daromad va boshqalar ko’rinishidagi barcha tushumlar kiradi. Natural daromadga, avvalambor, uy xo'jaliklari tomonidan o'z iste'mollari uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar kiradi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad — aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarning pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasiga kam bo’ladi. Real daromad — narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to ‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari. Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi. Ish haqi - bu xodim tomonidan haqiqatda bajarilgan ish uchun, shuningdek ish soatlariga kiritilgan davr uchun olgan naqd yoki natural shaklda to'lanadigan haq. Ish haqining asosiy xususiyatlaridan biri bu ularning bir vaqtning o'zida ikki tomonlama funksiyasi. Bir tomondan, ish haqi - bu xodimning pul daromadlari va butun oila uchun asosiy daromad manbai. Shuning uchun har bir xodim yuqori maoshli ish qidiradi va ish joyida ish haqini yuqoriga oshirishga intiladi. Boshqa tomondan, tadbirkor uchun ish haqi - bu qo'shilgan qiymatning foydaning ulushini ko'paytirish uchun uni kamaytirishga intilayotgan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling