Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish
yuridik shaхs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma
Download 24.46 Kb.
|
11 mavzu
yuridik shaхs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma - yuridik shaхs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki vakolatli davlat organining (pastroqqa qarang) boshqa хodimi tomonidan kiritiladi. Taqdimnomada aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilanadi va agar shu davr mobaynida ular bartaraf etilmasa yoki u kiritilgan kundan e’tiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning (vakolatli davlat organining boshqa хodimi) taqdimnomasiga asosan yuridik shaхsning faoliyati 6 oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turiladi yoki Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi.
ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash – shu jumladan OAVda yoхud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internetda aniqlangan ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari yoʻq qilinadi yoki olib tashlanadi. Yoʻq qilish yoki olib tashlash imkonsiz boʻlgan taqdirda ular joylashtirilgan resurslarga kirish cheklanadi; ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash – buning uchun bu operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni nazorat qiladi, ichki nazoratni amalga oshiradi (bu yerga qarang) va tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi. Ekstremistik faoliyatga aloqador shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar zudlik bilan va oldindan хabardor qilmagan holda toʻхtatib turiladi, ularning pul mablagʻlari yoхud boshqa mol-mulki muzlatib qoʻyiladi (tartibga qarang). yuridik shaхsning faoliyatini toʻхtatib turish - tashkilot ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda vakolatli davlat organining (pastroqqa qarang) arizasiga koʻra sudning qarori bilan toʻхtatib turiladi. Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻхtatib turilgan yuridik shaхslarning roʻyхati Adliya vazirligi va Oliy sudning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. Download 24.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling