Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet106/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

K qu = 1 / K a - 1
Shunday qilib, uning darajasi birga teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi umumiy koeffitsiyentlardan tashqari XYuS joriy faoliyatining moliyalashtirish o‘z manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi ham baholanadi. Bu narsa XYuS moliyaviy barqarorligining quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlarini hisoblashga asoslangan:


Zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘lari summasining moddiy zaxiralar va xarajatlar qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi va uni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
K tzx = O‘ ам : Q зх
Bu yerda: K tzx - zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari;
Q зх - moddiy zaxiralar va xarajatlar qiymati.
Bu koeffitsiyentning darajasi moddiy zaxiralar va xarajatlarning o‘z manbalari bilan qanday qoplanganligini va qarz mablag‘larni jalb qilishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. Uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajasi 0,6-0,8ga tengdir.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘larining joriy aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi:
K мм = O‘ ам : J аа
Bu yerda: K мм - moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari; J аа - joriy aylanma aktivlar.

Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti XYuSga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘larning qancha qismi o‘z kapitali hisobidan shakllantirilganligini ko‘rsatadi. Agar uning darajasi 1ga teng yoki undan katta bo‘lsa, u holda bu absolyut moliyaviy barqarorlikni anglatadi. Koeffitsiyentning darajasi 1dan qancha past bo‘lsa, XYuS moliyaviy holati shuncha beqarordir. Bu koeffitsiyentning kritik darajasi 0,1ga teng.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling