Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Davlat byudjeti daromadlarining davlat byudjeti kategoriyalarining ko‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra obyektiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi davlatning o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash obyekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo‘lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to‘lovlar) va yanada taqsimlash obyekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat 331 mablag‘lar ajratib olingan bo‘lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo‘ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari. Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik xaraktyerga egaligini ham unutmaslik lozim. Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning xarajatlaridan iborat bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat davlat byudjetining daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada to‘lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi. Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat byudjetining subyektlar (xo‘jaliklar) bilan davlat byudjeti munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. 330 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling