Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
26.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Jahon xo‘jaligi – bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o‘rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi: xalqaro valyuta munosabatlari; xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; xalqaro savdo munosabatlari; investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish; – xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‘jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi: • Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi: mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish; yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish. Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin 713
ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o‘rnini qoplash va eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to‘liq va samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo‘nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda qo‘yidagilarni ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish mumkin: Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish; eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo‘llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o‘tkazish, o‘zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan tovarlar va maxsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi; tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda, o‘z maxsulotini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish; 736
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling