Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta bozorlari
Konvertatsiya qilinmaydigan valyutalar boshqa mamlakatlar valyutalariga ayirboshlanmaydi. Ular faqat mamlakat ichida milliy pul birligi sifatida foydalaniladi.
Valyuta kurslarini prognozlash (bashoratlash) – kelajakda yuzaga keladigan valyuta kurslarini hisoblashdir. Bunday hisob-kitoblarnng keng tarqalgan turi bu forvard kursini hisoblashdir. Valyuta bozori – bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir131. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan ham qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtayi nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog‘lovchi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi. Valyuta bozorlari – bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya’ni, valyuta bozori – bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog‘ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.Valyuta bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi. Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldisotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi. Hozirgi zamon valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan. Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin, ular milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlaridir. Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy subyekt, ya’ni davlat, xo‘jalik subyekti yoki fuqaro o‘zining moliyaviy qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug‘urtalashni, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o‘zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi. Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bo‘limining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘zining mijozlariga ma’lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta’minlash hisoblanadi. Bu jarayon “naqd bitim”, ya’ni spot operatsiyasi yoki “muddatli – tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish; tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jumladan valyuta bo‘yicha ham belgilanish; tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning davlat tizimini yaratish; ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, byudjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko‘rsatish, tavakkalchilikni sug‘urta qilish; respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish; O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa mol-mulklarni hujjatlashtirish; mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash; valyuta va boshqa fondlar mablag‘larini vujudga keltirish va ulardan foydalanish. Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bu yo‘ldagi yutuq hamda marralarning salmoqli bo‘lishiga imkoniyat yaratmoqda. Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga bo‘lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o‘rtasidagi farq, ya’ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich milliy daromad darajasiga ko‘p tomonlama ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o‘zgarish 735 O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi; belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi; xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi; ro‘yhati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining turlaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga ega bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o‘z ishtirokining turlari, shakllari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashi, o‘z xohishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to‘lab yoxud to‘lamasdan jalb etishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko‘ra tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o‘tkazilishi yoxud ularga ishonib topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o‘zgaga o‘tkaziladigan taqdirda tomonlar o‘zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga oladilar. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 734 bitimlar”, ya’ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo‘lishi mumkin. Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan. Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab soat 900 da boshlanadi, biroq, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas’ul xodim (bo‘lim boshlig‘i) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma’lumotlar va yangiliklar bilan ta’minlaydi. Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar kotirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo‘lgan valyutalar, ya’ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zaxira valyutalar (AQSh dollari, Yaponiya ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar, xalqaromoliyaviy tashkilotlarning market-meykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqqa bog‘liqholda o‘rnatiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling