Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish


Download 1.86 Mb.
bet235/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish – aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
Davlat tomonidan (ichki va xorijdan) mablag‘ jalb qilish – quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) byudjet defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli); 3) O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) byudjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling