Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet256/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Soliq yurisdiktsiyasi - davlat soliq organlarining huquqiy masalalarni va soliq huquqbuzarligi to‘g‘risidagi ishlarni hal qilish bo‘yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga ko‘ra) belgilangan vakolatlari yig‘indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon bo‘yicha aniqlanadi: 1)rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlarni qo‘llashda yagonalik bo‘lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga keladi. Me’zonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog‘liqdir. Ayrim mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni turli variantlarda kombinatsiya qilib qo‘llash keng tarqalgan. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik me’zoni olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog‘liq ravishda hududiylik mezoni bilan to‘ldirilgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik me’zonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Soliq qonunchiligi - davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtashini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquqi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
Soliq badallari (to‘lovlari) – soliq qonunchiligi bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo‘yicha qonunga binoan aniqlanadi.
Soliq tushumlari – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling