Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog‘ini ajratib olish”) dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini ko‘zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan yangi tovarlarga tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga “yorib kirish” strategiyasi ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik bo‘lgan bozorlarda samarali bo‘lib, unda sotib oluvchilar baholarning pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. Bunda XYuS ishlab chiqarish hisobidan baholarning past darajasini ushlab turadi.
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, ularning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning o‘rtacha darajasiga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni qo‘llash evaziga amalga oshiriladi.
Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholarni taklif qilishdan XYuS manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Elastik baholar strategiyasi baholarning iste’molchilar sotib olish qobiliyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishini anglatadi.
Barqaror, standart, o‘zgarmaydigan baholar strategiyasi nisbatan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda realizatsiya qilinishini nazarda tutadi.
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi tovarni, masalan, 1000 so‘mda emas, balki 999,9 so‘mda sotib oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o‘rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining isboti sifatida e’tirof etadi.
300
maqsad qilib qo‘ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq bo‘lgan bahoni so‘raydi.
Bahoni o‘rnatish (aniqlash) jarayonida faqat iqtisodiy holatlarni emas, balki psixologik omillarni ham inobatga olmoq lozim. Bu o‘rinda baholarni shakllantirish borasidagi davlatning tartibga keltiruvchi rolini, daromadlardan olinadigan soliqlar va yana ko‘p omillarni ham unutmaslik kerak. Shuningdek, baholarni shakllantirishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida baholarning kamida quyidagi uch yo‘nalishi rivojlanadi:
markazlashtirilgan yo‘nalish (mahsulotlar muhim turlarining cheklangan doirasiga mo‘ljallangan);
ulgurji-shartnomaviy yo‘nalish (ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi XYuSlar o‘rtasida);
ishlab chiqaruvchilar va savdoga o‘rtasidagi yo‘nalish (xalq iste’moli, noiste’mol tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga mo‘ljallangan).
Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuningdek, o‘z savdo tarmog‘i mahsulotlari uchun alohida xo‘jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda o‘rnatish hollari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |