Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Baho deb nimaga aytiladi? Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning asosi sifatida nima maydonga chiqadi? Baho qanday funksiyalarni bajaradi? Bahoning o‘lchov(chilik) funksiyasining mazmuni nimadan iborat? Baho hisob-nazorat funksiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bahoning taqsimlash funksiyasi nimalar bilan xarakterlanadi? Bahoning tartibga solish funksiyasiga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarni aytib bering. Qanday holatlarda baho ijtimoiy funksiyani bajaradi? Qanday hollarda bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi namoyon bo‘ladi? Baholarni qanday belgilarga ko‘ra tasniflash (klassifikatsiya qilish) mumkin? Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar qanday farqlanadi? Ulgurji bahoning mazmunini tushuntirib bering. Qanday baho chakana baho deyiladi? Qay hollarda sotib olish baholari qo‘llaniladi? Qurilish mahsulotlarining bahosi qanday qiymatlarda to‘lanadi? 303
Undan so‘ng XYuSning mamlakat ichki bozoridagi hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat sohasini aniqlash va cheklab olmoq lozim. Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat ko‘rsatish shartlari va huquqiy tartibga solish normalariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Bozorlarning hududiy geografiyasini bilish ham muhimki, ular uchun faoliyat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari, shahar va qishloq bozorlarining nisbatiga tegishli bo‘lgan belgilar mavjud bo‘lib, ular har ehtimolga qarshi, o‘zlarining xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yana saqlab qolishi mumkin. Va nihoyat, baholarni shakllantirishning strategik yo‘naltirilishida joriy investitsion talab bozorlarini aniq chegaralab olmoq ham zarur. XYuSlarga mo‘ljalni aniq olish va maqsadli bozorlarni tanlashga bozorni segmentlashtirish imkon beradi. Bozorni segmentlashtirish o‘rganish metodi hisoblanadi. Unga ko‘ra iste’molchilar ehtiyojlari, tavsifi, xatti-harakatining o‘ziga xosligi va shunga o‘xshash xususiyatlariga muvofiq guruhlarga ajratiladi. Bozor segmenti bir xil toifadagi iste’molchilardan, u yoki bu holatga bir xil tarzda reaksiya qiluvchilardan tashkil topadi. Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini shakllantirishning umumiy belgilari bozorning turli sohalarida baholarning turli-tuman ko‘rinishlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Raqobatning erkinlik darajasi va baholarni shakllantirishga (bular bozorlar tipini klassifikatsiya qilishda asosiy me’zon sifatida maydonga chiqadi) bog‘liq ravishda bozorlar quyidagi to‘rt asosiy tiplarga ajratiladi: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling