Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet38/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Postkeynschilar nazariyalari. Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishiga qaramasdan keynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda postkeynschilar yo‘nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQShda X.Minskiy, R.Klauer, Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu yo‘nalish ham yangi keynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar nazariyasining asosini hamon moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini kengaytirish g‘oyasi yotmoqda. Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog‘i va u monopoliyalar faoliyatini cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim. “Daromadlar siyosati”da ular ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish usuli bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig‘ini iste’mol solig‘i bilan almashtirish g‘oyasini taklif etadi. U iste’mol solig‘ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi. Uning nazarida, bu chora jamg‘arishni rag‘batlantirishi va inflyatsiyaning darajasini pasaytirishi mumkin. N.Kaldorning fikri G‘arb olimlari tomonidan keng qo‘llabquvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona soliqqacha soddalashtirish tarafdori bo‘lib, fuqarolarning faqat iste’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak, deb hisoblashdi. XX yuz yillikning oxiri va XXI yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni o‘rganishni zarur hisoblamoqda. Bir vaqtning o‘zida esa, amerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular o‘zlarining “Ekonomiks. Prinsiplar, muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa (kapital, yer, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir. Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning darajasi turlicha bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo‘naltirilgan fiskal siyosatni qo‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni o‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan transfert to‘lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin. Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o‘rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo‘lishiga qaramasdan, konvergensiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo‘lgan moliya-kredit-pul mexanizmiga tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatish uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar, so‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish vositalari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan moliyaviy konsepsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
    • bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resurslariga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Ayrim mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Ularda XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xaraktyerga ega hamda asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli emas;


    • sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;


    • uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi.


Hozirgi paytda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘armalari, XYuS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti. Aholining jamg‘armalaridan foydalanish masalasi bizning mamlakatimizda ham hali o‘z yechimini topmagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida banklarning aholi omonatlari bo‘yicha foiz stavkalarini bir tomonlama kamaytirish hodisalariga yo‘l qo‘yganliklari, omonatni sir saqlash shartini buzganliklari kabi noxush holatlar aholining banklarga bo‘lgan ishonchini pasaytirganligi sir emas. 2016-yildan boshlab mamlakatimizda bu masalada ham juda katta ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Ayni paytda aholi omonatlari miqdori keskin suratlar bilan oshib boryapti.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling